$
 12145.65
3.71
 14268.71
-21.14
 164.33
1.7
weather
+26
Кечаси   +14°

Статьи

sayohat

Hashamatli sayohat reytingi: Qaysi shaharlar yetakchi?

Bugun sayohatni rejalashtirayotganda odamlar faqat qayerga borishni emas, balki u yerda qanday sharoitlar borligini ham o‘ylaydi. Hashamatli mehmonxonalar, qulay xizmatlar va chiroyli interyerlar sayohatning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Shu sabab ayrim shaharlar aynan besh yulduzli mehmonxonalari soni bilan ajralib turibdi.
Батафсил →
lazer

Urush maydonida yangi davr: Dunyo armiyalari tanlagan TOP-5 dronlar “qotili”

Kecha filmlarda ko‘rgan lazer qurollari bugun haqiqatga aylandi. 2025-yilda dunyoning bir nechta yirik davlatlari jang maydonida endi o‘q yoki raketaga emas, yorug‘lik nuriga tayanmoqda. Dronlar to‘dasi, raketalar va havo tahdidlari bir necha soniya ichida lazer bilan yo‘q qilinmoqda. Eng asosiysi bu qurollar tezkor, aniq va avvalgilariga qaraganda ancha tejamkor.
Батафсил →
new year

Dunyo Yangi yilni qanday nishonlaydi?

Yangi yil kirishi — bu shunchaki taqvimdagi sana emas. Har bir xalq uni o‘zicha his qiladi, o‘zicha kutib oladi va o‘zicha nishonlaydi. Kimdir bu paytda yangi rejalar tuzadi, kimdir oila bilan birga bo‘lishni muhim deb biladi, yana boshqalar esa qadimiy an’analar orqali omad va baraka chaqiradi. Yangi yilni kutib olish usullari xalqlarning qadriyati, dunyoqarashi va bir-biri bilan munosabatini yaqqol ko‘rsatib beradi. Xo‘sh, dunyoning turli burchaklarida Yangi yil qanday nishonlanadi?
Батафсил →
maqsad

“Yangi men” sindromi: Nega bu g‘oya ishlamaydi?

Yangi yil arafasida ko‘pchilik o‘ziga yangi rejalar tuzadi va katta va’dalar beradi. Kimdir sog‘lom hayot boshlashni, kimdir o‘zini butunlay o‘zgartirishni xohlaydi. Ammo ko‘pincha bu qarorlar uzoqqa cho‘zilmaydi va bir necha haftadan keyin unutilib ketadi. Shunda odam o‘zini ayblay boshlaydi, hafsalasi pir bo‘ladi va yana avvalgi holatiga qaytadi. Aslida muammo iroda kuchsizligida emas, balki noto‘g‘ri qo‘yilgan maqsadlarda bo‘lishi mumkin. Yangi yil qarorlariga bosimsiz, sog‘lom va real yondashish mumkinligini ko‘pchilik bilmaydi.
Батафсил →
shina

Nimaga avtomobillar qishda ko‘proq yoqilg‘i “yeydi?”

Ko‘pchilik yoqilg‘i qimmatlashganda dvigatel yoki yo‘l sharoitini ayblaydi, ammo eng oddiy sabab ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Gap shinalardagi havo bosimi haqida. Shinalar kam yoki ortiqcha shishirilgan bo‘lsa, mashina ham ko‘proq yoqilg‘i “yeydi”, ham tezroq eskiradi. Xo‘sh, shina bosimi qanchalik muhim? Uni qanday to‘g‘ri saqlash kerak?
Батафсил →
gadjet

Bolalar qo‘lidan tushmayotgan gadjetlar nimalarga sabab bo‘ladi?

Bugun bolalar uchun telefon yoki planshet oddiy o‘yinchoq emas, balki kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanib bo‘ldi. Telefon, planshet va kompyuter ular uchun o‘qish, muloqot va dam olish vositasiga ham aylangan. Ota-onalar uchun esa ekran ko‘pincha qulay yechimdek tuyuladi — bola jim va muammo yo‘qdek. Ammo mutaxassislar bu sukunat ortida sezdirmay yig‘ilib borayotgan xavflar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Батафсил →
detox

Ekranlardan uzilish: Bir kunlik tanaffus hayotimizni qanday o‘zgartiradi?

Biz har kuni virtual dunyoda bo‘lamiz. Elektron pochtalarni tekshirish, do‘stlarimizdan kelgan xabarlarga javob berish, Instagram yoki TikTok’dagi videolarni tomosha qilish, yangiliklar bildirishnomalarini olish — bularning barchasi kundalik hayotimizning bir qismiga aylangan. Bugungi kunda ijtimoiylashish, maktabga borish va hamkasblar bilan ishlashning ko‘pi onlayn tarzda o‘tkazilmoqda. Shu sababli, “Raqamli detoks nima?” degan savol bugun yanada muhim bo‘lib qolgan.
Батафсил →