Ucell 5G tarmog‘i endi O‘zbekistonning barcha viloyat markazlarida
Ookla® kompaniyasining Speedtest Intelligence® ma’lumotlariga tayangan holda o‘tkazilgan mustaqil tahlillarga ko‘ra, Ucell qatorasiga uchinchi yil (2024-yildan buyon) Fastest Mobile Network — “O‘zbekistondagi eng tezkor mobil tarmoq” maqomini saqlab qoldi.
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 5G texnologiyasini birinchilardan bo‘lib joriy etgan Ucell
kompaniyasi yuqori tezlikdagi aloqa qamrovini butun mamlakat bo‘ylab
kengaytirishda davom etmoqda. Bugungi
kunga kelib, kompaniyaning 5G tarmog‘i respublikaning barcha viloyat
markazlarini to‘liq qamrab oldi.
Qamrov va hududlar
Beshinchi avlod aloqasi Farg‘ona vodiysi va Samarqand
viloyatining barcha yirik shaharlarida, shuningdek, Zarafshon, Olmaliq, Angren,
Ohangaron, Parkent va Bo‘stonliq kabi qator shaharlarda ishga tushirilgan.
Qamrov doirasining bunday kengayishi millionlab abonentlarga o‘z yashash,
ishlash va o‘qish joylarida yuqori tezlikdagi uzluksiz mobil internetdan qulay
foydalanish imkonini beradi.
Tarixiy qadamlar va poytaxt metropoliteni
2019-yilning sentabr oyidayoq
Tashkent City hududida ilk 5G tayanch stansiyasini o‘rnatgan Ucell, 2021-yil
aprelida texnologiyani tijorat maqsadida ishga tushirgan edi. Hozirgi kunda
kompaniya nafaqat yer ustida, balki yer ostida ham sifatli aloqani
ta'minlamoqda. Toshkent metropolitenining barcha yer osti bekatlarida 5G,
bekatlar oralig‘idagi tunnellarda esa 4G tarmog‘i uzluksiz ishlab turibdi. Bu
yo‘lovchilarga butun safar davomida internetdan erkin foydalanish kafolatini
beradi.
Xalqaro e’tirof
Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishdagi
bu natijalar xalqaro miqyosda ham munosib baholanmoqda. Ookla® kompaniyasining
Speedtest Intelligence® ma’lumotlariga tayangan holda o‘tkazilgan mustaqil tahlillarga
ko‘ra, Ucell qatorasiga uchinchi yil (2024-yildan buyon) Fastest Mobile Network
— “O‘zbekistondagi eng tezkor mobil tarmoq” maqomini saqlab qoldi. Bundan
tashqari, 2026-yilning birinchi yarmida kompaniya Best Mobile Network —
“O‘zbekistondagi eng yaxshi mobil tarmoq” mukofotiga ham sazovor bo‘ldi.
Zamonaviy mobil texnologiyalardan nafaqat poytaxt, balki chekka hududlarda ham
foydalanish imkoniyatlarini yaratish — Ucell faoliyatining eng ustuvor maqsadi
bo‘lib qoladi.



