Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +6°
Читать на русском

Agrobank boshqa banklardan olingan ipoteka kreditlarini 21,5 foizdan qayta moliyalashtirmoqda

Yuqori foizli ipoteka krediti to‘layotgan fuqarolar endi kreditini boshqa bankka o‘tkazib, oylik to‘lovlarini kamaytirishi mumkin.

1 daqiqa o‘qiladi

Agrobank “Arzon” ipoteka dasturi orqali boshqa banklardan olingan yuqori foizli ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish imkoniyatini taklif qilmoqda.

Dastur doirasida kreditning yillik foiz stavkasi 21,5 foizdan boshlanadi. Kredit muddatini 20 yilgacha uzaytirish mumkin, boshlang‘ich to‘lov esa talab etilmaydi.

Qayta moliyalashtiriladigan ipoteka miqdori Toshkent shahrida 1 mlrd so‘mgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa 550 mln so‘mgacha etib belgilangan.

Mazkur imkoniyat boshqa banklarda yuqori foizda ipoteka rasmiylashtirgan fuqarolarga kredit shartlarini qayta ko‘rib chiqish va oylik to‘lovlarini kamaytirish imkonini beradi.

Biroq kredit muddati uzaytirilganda umumiy foiz xarajatlari oshishi mumkin. Shu sababli qayta moliyalashtirishdan oldin yangi kreditning jami to‘lovlarini hisoblab chiqish tavsiya etiladi.

Batafsil ma’lumotni Agrobankning 1216 qisqa raqami orqali olish mumkin.