$
 11814.05
11.86
 13482.19
-45.48
 139.93
0.06
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market sotuvchilar uchun ish shartlarini yangilamoqda

uzum

2026-yil oktyabr oyida tijorat komissiyalari va FBO sxemasi bo‘yicha tovarlarni qabul qilish qoidalariga ta’sir ko‘rsatadigan yangilanishlar kuchga kiradi.

2026-yil 14-oktyabrdan boshlab barcha ish sxemalari: FBO, FBS va DBS bo‘yicha tovarlarning alohida toifalarida tijorat komissiyalari miqdorlari o‘zgaradi. Toifaga qarab komissiya pasaytiriladi yoki oshiriladi. O‘zgarishlar Uzum Market O‘zbekiston Respublikasidagi toifalarning rivojlanishi, savdo hajmi, raqobat muhiti va assortimentning to‘ldirilish dinamikasini doimiy ravishda kuzatib borishi bilan bog‘liq. Bunday yondashuv xaridorlar uchun jozibador sharoitlarni saqlab qolishga, shuningdek, maydonning barqaror iqtisodiyotini ta’minlashga yordam beradi.

Tijorat komissiyalari haqida batafsil ma’lumotni havola orqali olishingiz mumkin.

Bundan tashqari, 2026-yil 19-oktyabrdan boshlab FBO sxemasi bo‘yicha ishlaydigan sotuvchilar uchun Uzum Market omboriga tovarlarni qabul qilish qoidalari yangilanadi. O‘zgarishlar vaqt oraliqlari bilan ishlash, ularni buzganlik uchun jarimalar va tovarlarni qabul qilishda tafovutlarni ko‘rib chiqishga taalluqlidir.

Bitta yetkazib berish uchun maksimal jarima 300 000 so‘mni tashkil etadi. Agar sotuvchi yetkazib berishni jo‘natishdan 48 soat oldin bekor qilsa yoki boshqa vaqtga ko‘chirsa, yetkazib berilgan har bir tovar uchun 300 so‘m jarima undiriladi. Agar sotuvchi 48-72 soatga kechiksa, yetkazib berilgan har bir tovar uchun 300 so‘m miqdorida xuddi shunday jarima undiriladi. Agar yetkazib berish muddati 72 soatdan ortiq kechiktirilgan yoki umuman olib kelinmagan bo‘lsa, u holda jarima yetkazib berilgan har bir tovar uchun 2 500 so‘mni tashkil etadi.

Bunda, agar qoidabuzarlik fors-major holatlari, Uzum Market faoliyatidagi texnik nosozliklar yoki sotuvchiga bog‘liq bo‘lmagan va belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa holatlar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, jarimalar hisoblanmaydi, allaqachon hisoblanganlari esa bekor qilinadi. Shuningdek, yetkazib berish tasdiqlangunga qadar va undan keyingi birinchi soat davomida jarima hisoblanmaydi. Tanlangan vaqt oralig‘idan 48 soat oldin yetkazib berishni bekor qilish yoki kechiktirish mumkin.

FBO sxemasi bo‘yicha o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotni havola orqali olish mumkin.

Uzum Market savdo marketpleysida sotuvchilar uchun ish sharoitlarini rivojlantirishni, shuningdek, xaridorlar uchun takliflarning jozibadorligini saqlashni davom ettirmoqda.

Reklama huquqlari asosida