Juma, 13-noyabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +8° kechasi +3°

Uzum Market xorijdan tovar olib keluvchi sotuvchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirmoqda

2026-yil 30-noyabrdan boshlab Uzum Market bond omboridan foydalangan holda maxsus elektron savdo maydonchasi orqali tovarlarni sotishni yo‘lga qo‘yadi.

1 daqiqa o‘qiladi

Uzum Market xorijdan tovar olib keluvchi sotuvchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirmoqda

Ushbu model doirasida tovarlar O‘zbekistonda boj to‘lovlarisiz saqlanadi va B2C-buyurtma rasmiylashtirilgandan va narxga kiritilgan boj to‘langandan so‘ng xaridorlarga jo‘natiladi. Bu sotuvchilarga tovarlarni mamlakatda oldindan joylashtirish va tez yetkazib berishni ta’minlash imkonini beradi: tovar bond omboridan jo‘natilgan kunning ertasigayoq Uzum Market omboriga kelib tushadi.

Ayrim toifalar uchun davlat bojining imtiyozli stavkalari nazarda tutilgan: elektronika va maishiy texnika uchun 5%, Fashion va elektronikaning ayrim tovarlari uchun 3% + 12% QQS. Bond ombori tariflari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishish mumkin.

Bond omboridan foydalangan holda Uzum Market maxsus elektron savdo maydonchasi orqali tovarlarni sotish bo‘yicha to‘liq ommaviy oferta bilan havola orqalitanishish mumkin.

Shuningdek, 2026-yil 30-noyabrdan boshlab foydalanuvchi shartnomasiga Bond omboridan tovar buyurtmalariga oid o‘zgartirishlar kiritiladi. Batafsil ma’lumotni havola orqali olish mumkin.

Bond ombori — bojxona bojlari va soliqlari oldindan to‘lanmagan holda tovarlar saqlanadigan bojxona omborining alohida turi. Ularning to‘lovi faqat xaridor tomonidan tovar sotib olingan paytda mijozdan undiriladi. Bond ombori bilan ishlash O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari uchun mumkin.

Yangi imkoniyat sotuvchilarga O‘zbekiston bozoriga kirishni osonlashtirish va Uzum Market’da savdoni rivojlantirishga yordam beradi.