$
 11814.05
11.86
 13482.19
-45.48
 139.93
0.06
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda baliq ovlash ishqibozlari joylarni Fishermen ID orqali bron qilishlari mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda Fishermen ID tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. U orqali sport va havaskorlik baliq ovlash ishqibozlari o‘zlariga mos joylarni topish, shartlar bilan tanishish va bo‘sh joylarni oldindan bron qilishlari mumkin bo‘ladi.

Tizim Prezidentning 2026-yil 2-iyuldagi PF-122-sonli farmoni doirasida yaratilmoqda. Yagona platformada sport va havaskorlik baliq ovlash hamda ekoturizm bilan bog‘liq xizmatlar jamlanadi.

Tizim qanday ishlaydi

Baliq ovlash uchun maxsus sharoitlar yaratgan xo‘jaliklar o‘z xizmatlarini platformaga ixtiyoriy ravishda joylashtirishlari mumkin. Foydalanuvchilar suv havzasining manzili, mavjud sharoitlar, xizmatlar, baliq ovlash narxi va bo‘sh joylar soni haqida ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi.

Joy tanlangandan so‘ng uni oldindan bron qilish mumkin. Agar xizmat pulli bo‘lsa, to‘lov amalga oshirilgach, foydalanuvchiga QR-kodli elektron chek beriladi. Ushbu QR-kod orqali tanlangan kunda bron qilingan joydan foydalanish mumkin bo‘ladi.

5 kg gacha bepul baliq ovlash saqlanib qoladi

Shu bilan birga, Fishermen ID tizimining ishga tushirilishi havaskorlik baliq ovi to‘liq pulli bo‘ladi degani emas. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, umumiy foydalanishdagi suv havzalarida taqiqlanmagan vosita va usullardan foydalangan holda 5 kg gacha baliqni bepul ovlashga ruxsat etiladi. Baliqchilikni rivojlantirish markazi ushbu tartib bekor qilinmasligi va pulli asosga o‘tkazilmasligini ta’kidladi.

Shunday qilib, faqat sport va havaskorlik baliq ovi hamda ekoturizm uchun maxsus tashkil etilgan xizmatlar pulli bo‘ladi. Fishermen ID esa bunday joylar haqidagi ma’lumotlarni yagona platformaga jamlash, ularni topish va oldindan bron qilishni osonlashtirish uchun xizmat qiladi.