$
 11989.46
29.28
 13815.45
54.07
 149.48
-0.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Статьи

zilzila

3 kunda 6 ta yer silkinishi: Buxorodagi zilzilalar aholi uchun qanchalik xavfli?

So‘nggi 3 kun ichida Buxoro viloyatida 6 marta yer qimirladi. Eng oxirgi zilzila bugun, 22-may kuni soat 10:44 da Jondor tumanida sodir bo‘ldi. Magnitudasi 4 bo‘lgan zilzila 10 kilometr chuqurlikda yuz bergan. Yer silkinishi Gazlida 2–3 ball, Peshku, Qorako‘l va Jondorda 2 ball atrofida sezilgan. Ketma-ket zilzilalar odamlarni xavotirga solayotgan bo‘lsa-da, mutaxassislar vaziyat nazorat ostida ekanini aytmoqda. Xo‘sh, bu hali davom etadimi?
Батафсил →
afgan

“Bir qizimni sotsam, qolgan bolalarim tirik qoladi”: Afg‘onistondagi ocharchilik ota-onalarni dahshatli tanlov qarshisida qoldiryapti

Afg‘onistonda qashshoqlik va ocharchilik shu darajaga yetdiki, ayrim oilalar farzandlarini sotishga majbur bo‘layotganini aytmoqda. G‘ur viloyatida yashovchi Abdul Rashid Azimiy 7 yoshli egizak qizlaridan birini sotib, qolgan bolalarini bir necha yil boqish mumkinligini aytgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda millionlab odam ochlik yoqasida yashamoqda. Xo‘sh, Afg‘onistondagi bu og‘ir vaziyat yana qanchaga davom etadi?
Батафсил →
sukut

Sukut alomati rizo: “Tolibon”ning yangi qonuni xalqaro tanqidga uchradi

Afg‘onistonda “Tolibon” qabul qilgan yangi oila qonuni xalqaro miqyosda keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. 31 moddadan iborat qonunga ko‘ra, balog‘at yoshiga yetgan qizning sukuti ayrim hollarda nikohga rozilik deb qabul qilinishi mumkin. Shuningdek, hujjatda voyaga yetmaganlar nikohi, majburiy ajrashish va oilaviy masalalar bo‘yicha “Tolibon” sudlariga keng vakolatlar berilgan. Inson huquqlari faollari esa bu qaror ayollar huquqlarini yanada cheklashini aytmoqda. Xo‘sh, bu qonun Afg‘onistondagi ayollar hayotiga qanday ta’sir qiladi?
Батафсил →
yopiq eshik

Tramp va Si Szinpin “yopiq eshiklar” ortida: Ikki davlat rahbari nimalarni muhokama qildi?

AQSh prezidenti Donald Tramp 2017-yildan beri ilk bor Xitoyga tashrif buyurdi va Pekinda Si Szinpin bilan ikki soatdan ortiq muzokara olib bordi. Uchrashuv AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi, Tayvan mojarosi va texnologik raqobat kuchaygan paytda bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda Eron atrofidagi vaziyat ham muhokama qilingan. Tramp bilan birga Pekinga Ilon Mask, Tim Cook va Jensen Huang kabi yirik texnologiya kompaniyalari rahbarlari ham borgan. Xo‘sh, Tramp va Si Szinpin nimani kelishib oldi?
Батафсил →
xat

AQSh uchun “qora kun” rejasi: Tramp vitse-prezidentga vasiyatnoma qoldirdi

Oq uyga yaqin manbalarga ko‘ra, Donald Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilishi ehtimolini hisobga olib, vitse-prezident Jey Di Vens uchun maxsus ko‘rsatmalar yozib qoldirgan. Bu ma’lumotni Tramp ma’muriyatining sobiq antiterror strategiyasi rahbari Sebastyan Gorka aytdi. So‘nggi yillarda Trampga bir necha bor suiqasd qilishga urinish bo‘lgani uchun bu xabarlar yana katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Батафсил →