Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +6°
Читать на русском

Iman Invest atrofida islom moliyasi qoidalarining buzilishi bo‘yicha ayblovlar ortidan janjal avj olmoqda

IFCB Islom moliyasi kengashi Iman Invest bilan hamkorlikni to‘xtatdi va aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilgunga qadar ushbu kompaniyaga sarmoya kiritmaslikni tavsiya qildi.Iman Invest rahbariyati esa bildirilgan ayblovlarga rozi bo‘lmadi va mustaqil shariat auditi o‘tkazilishini ma’lum qildi.

3 daqiqa o‘qiladi

Iman Invest atrofida islom moliyasi qoidalarining buzilishi bo‘yicha ayblovlar ortidan janjal avj olmoqda

Islom moliyasi kengashi (IFCB) Iman Invest bilan hamkorlikni darhol va to‘liq to‘xtatganini e’lon qildi. Bu haqda islom moliyasi sohasidagi xalqaro auditor Mahmud Usman hamda huquqshunos Huseyn Rajabovning qo‘shma bayonotida ma’lum qilingan.

Kengash bergan ma’lumotlarga ko‘ra, shariat auditi davom etayotgani sababli ilgari kompaniya faoliyati bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarilmagan edi. 2026-yilning iyul oyida IFCB ixtiyoriga shubhali transaksiyalar sodir etilganiga ishora qiluvchi hujjatlar kelib tushgan. Shundan so‘ng xalqaro moliyachilar, huquqshunoslar va shariat auditorlaridan iborat maxsus komissiya tuzilib, uch yarim oy davomida tekshiruv o‘tkazildi.

Moliyaviy audit 15-oktabr kuni yakunlandi. IFCB xulosasiga ko‘ra, kompaniya rahbariyati инвесторlar mablag‘larini islom moliyasi tamoyillari, ichki nizomlar va O‘zbekiston qonunchiligini buzgan holda tasarruf etgan.

Hususan, kengashning ta’kidlashicha, mudoraba modeli asosida ish yurituvchi Iman Invest hatto инвесторlarning kapitali yoki uning bir qismi qaytmaslik xavfi ostida qolgan vaziyatlarda ham foyda taqsimlagan.

Bundan tashqari, IFCB ma’lumotlariga ko‘ra, инвесторlarning pullari shaxsiy manfaatlar yo‘lida, jumladan, qimmatbaho avtomobillar hamda ko‘chmas mulk xarid qilishga, shuningdek, ma’muriy xarajatlarga sarflangan.

Oqibatda, bayonotda keltirilishicha, kompaniyada bir necha million dollarlik kamomad yuzaga kelgan. IFCB ushbu holat sababli Iman Invest инвесторlar talab qilgan paytda ularning mablag‘larini qaytarib bera olmasligi mumkin deb hisoblaydi.

Kengash aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilib, yetkazilgan zarar qoplanmagunga qadar, shariat nuqtai nazaridan ushbu kompaniyaga sarmoya kiritmaslikni tavsiya qilmoqda.

Iman Invest mustaqil audit o‘tkazilishini e’lon qildi

IFCB bayonoti e’lon qilingach, Iman Invest kompaniyasi rasmiy munosabat bildirdi. Kompaniya rahbariyati ko‘tarilgan masalalarga jiddiy qarayotganini va инвесторlarni xavotirga tushmaslikka chaqirganini ma’lum qildi.

Vaziyatga xolis baho berish maqsadida kompaniya Shayx Muhammad Taqi Usmoniyning o‘g‘illariga tegishli bo‘lgan «Usmani’s» auditorlik tashkiloti bilan mustaqil shariat auditini o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldi.

Shuningdek, Iman Invest tarkibiga tan olingan ulamolar kiradigan islom moliyasi bo‘yicha yangi ichki kengash tuzilayotganini bildirdi.

Ushbu kengash o‘z ishini boshlaguniga qadar kompaniya yangi mahsulotlarni yo‘lga qo‘yish va amaldagilariga o‘zgartirishlar kiritishni vaqtincha to‘xtatib turadi.

“Har bir keyingi qadamni faqat yangi kengash ma’qullaganidan so‘ng qo‘yamiz. Biz IFCB jamoasiga hurmat bilan qaraymiz va ochiq muloqotga tayyormiz”, — deyiladi kompaniya bayonotida.

Iman Invest asoschisi ayblovlarni rad etdi

Keyinroq kompaniya asoschisi Rustam Rahmatov videomurojaat bilan chiqib, Mahmud Usman tomonidan ilgari surilgan ayblovlarni keskin rad etdi.

Rahmatovning so‘zlariga ko‘ra, ikki yarim yillik hamkorlik davomida Mahmud usmanga ko‘rsatilgan xizmatlari uchun 100 ming dollardan ortiq mablag‘ to‘lab berilgan.

Iman Invest asoschisi kelishmovchiliklar ushbu to‘lovlar miqdorini kamaytirish masalasi muhokama qilinganidan hamda kompaniya aksiyalaridan ulush berish rad etilganidan so‘ng kelib chiqqanini ta’kidlamoqda.

Rahmatov bundan ikki yil muqaddam o‘tkazilgan audit natijalari kompaniya faoliyatini islom moliyasi tamoyillariga to‘liq mos deb topganini eslatib o‘tdi.

U, shuningdek, yangi xalqaro audit natijalari ochiq e’lon qilinishini hamda инвесторlar oldidagi barcha majburiyatlar o‘z kuchida qolishini ma’lum qildi.

Asoschining so‘zlariga ko‘ra, ushbu nizoli vaziyat huquqiy maydonda hal etiladi.

“Sizlardan har qanday tasdiqlanmagan va isbotlanmagan ma’lumotlarga ishonmasligingizni so‘rayman. Biz ushbu tushunmovchilikni albatta qonuniy tartibda hal qilamiz”, — dedi Rustam Rahmatov.

Shunday qilib, tomonlar yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha bir-biriga qarama-qarshi munosabat bildirishdi. Iman Invest’ning moliyaviy ahvoli va o‘zaro e’tirozlarning qanchalik asosli ekani haqidagi yakuniy xulosalar mustaqil tekshiruv hamda keyingi surishtiruvlar natijasida ma’lum bo‘ladi.