Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +16° kechasi +6°
Читать на русском

Messi, Mbappe yoki Yamal? Bugun “Oltin to‘p”ning sohibi aniqlanadi

Bugun, 26-oktyabr kuni Londonda 2026-yilgi “Oltin to‘p” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Futbol olamining eng nufuzli mukofoti bu yil o‘zining 70 yilligini nishonlamoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

Futbol

Messi, Mbappe, Yamal va Holand kabi yulduzlar asosiy sovringa da’vogarlik qilyapti. Xo‘sh, bu yil “Oltin to‘p” kimga nasib etadi?

“Oltin to‘p” ilk bor Londonda topshiriladi

Bu yilgi marosim Londondagi Palladium teatrida o‘tkaziladi. Mukofot tarixida taqdirlash kechasi ilk marta Buyuk Britaniya poytaxtida tashkil etilmoqda.

“Oltin to‘p” 1956-yilda Fransiyaning “France Football” jurnali tomonidan ta’sis etilgan. Bu yil mukofot o‘zining 70 yilligini nishonlamoqda.

Londonning tanlanishiga ham sabab bor. Mukofotning tarixdagi birinchi sohibi aynan ingliz futbolchisi ser Stenli Mettyus bo‘lgan.

Tadbirni Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Terri Anri olib boradi. Qizil gilam marosimi Toshkent vaqti bilan 26-oktyabr soat 23:00 da, asosiy taqdirlashning jonli efiri esa 27-oktyabr soat 01:00 da boshlanadi.

Eng yaxshi yosh futbolchi va murabbiy kim bo‘ladi?

Taqdirlash kechasida faqat asosiy “Oltin to‘p” emas, boshqa sovrinlar ham o‘z egalarini topadi.

Erkaklar va ayollar o‘rtasida yilning eng yaxshi futbolchilari, yosh futbolchilari, darvozabonlari, murabbiylari, hujumchilari va klublari aniqlanadi.

Eng yaxshi yosh futbolchi sovriniga quyidagilar nomzod:

  • Kerim Alaybegovich
  • Ayyub Buaaddi
  • Pau Kubarsi
  • Yan Diomande
  • Lennart Karl
  • Eli Junior Krupi
  • Lamin Yamal
  • Yoxan Manzambi
  • Ibrohim Maza
  • Uorren Zair-Emeri

Yilning eng yaxshi murabbiyi sovriniga nomzodlar:

  • Mikel Arteta
  • Luis de la Fuente
  • Unai Emeri
  • Vensan Kompani
  • Luis Enrike

Asosiy sovrin uchun 30 futbolchi da’vogarlik qilmoqda

Kechadagi eng katta qiziqish yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p” mukofotiga qaratilgan.

Bu yil asosiy sovrin uchun quyidagi 30 nafar futbolchi nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan:

  • Jud Bellingem
  • Kilian Mbappe
  • Pau Kubarsi
  • Nunu Mendesh
  • Mark Kukurelya
  • Lionel Messi
  • Usmon Dembele
  • Joau Nevesh
  • Luis Dias
  • Maykl Olise
  • Brunu Fernandesh
  • Vilyan Pacho
  • Gabriel
  • Xulian Kinyones
  • Erling Holand
  • Deklan Rays
  • Ashraf Hakimiy
  • Rodri
  • Harri Keyn
  • Fabian Ruis
  • Xvicha Kvaratsxeliya
  • Vilyam Saliba
  • Lamin Yamal
  • Ferran Torres
  • Sadio Mane
  • Dayo Upamekano
  • Markinyos
  • Vinisius Junior
  • Lautaro Martines
  • Vitinya

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda “Oltin to‘p” Fransiya terma jamoasi va “Pari Sen-Jermen” hujumchisi Usmon Dembelega nasib etgan edi. U ovoz berish natijalariga ko‘ra 1380 ochko to‘plagan.