Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +6°
Читать на русском

Shavkat Mirziyoyev: “Bitta rejissyorga oltitagacha film berilgan”

Prezident Shavkat Mirziyoyev kinoijodkorlar bilan uchrashuvda davlat buyurtmasi asosida film suratga olish tizimini tanqid qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: “Bitta rejissyorga oltitagacha film berilgan”

Uning aytishicha, eski “goszakaz” tizimi bugungi kino sanoati talablariga javob bermayapti.

Bitta rejissyorga oltitagacha loyiha berilgan

Ma’lum bo‘lishicha, bir vaqtning o‘zida ayrim rejissorlarga oltitagacha, ssenariy mualliflariga esa yettitagacha loyiha topshirilgan. Bunday sharoitda har bir film ustida puxta ishlash qiyin.

Bundan tashqari, davlat buyurtmalarining deyarli yarmi davlat kinostudiyalariga berilgan. Bu esa xususiy ijodkorlar uchun teng raqobat imkoniyatini cheklagan.

Prezidentning ta’kidlashicha, natijada sifatli film yaratishdan ko‘ra, buyurtmani tezroq bajarish asosiy maqsadga aylanib qolgan.

“Film oddiy tovar emas”

Mirziyoyev professional kinotanqidchilarning fikriga ham yetarlicha e’tibor berilmayotganini aytdi.

“Qolaversa, xolis tahlil ijodkorga o‘z kamchiliklarini ko‘ra olish va o‘sish imkonini beradi-ku!” — dedi prezident.

Davlat rahbari filmni oddiy tovar yoki qurilish obyekti kabi qat’iy texnik topshiriq asosida xarid qilish noto‘g‘riligini ta’kidladi. Chunki suratga olish jarayonida ssenariy ham, ijodiy yechimlar ham o‘zgarishi mumkin.

Uning fikricha, kinoijodkorning mehnati buyurtmani qanchalik tez bajargani bilan emas, tomoshabin qalbida iz qoldiradigan film yaratgani bilan baholanishi kerak.