Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 72 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +20° kechasi +8°
Читать на русском

Agrobankning bank yacheykasida qimmatbaho buyumlarni saqlash qancha turadi?

Agrobankning Toshkent shahar filialida zargarlik buyumlari, muhim hujjatlar va boshqa qimmatbaho narsalarni saqlash uchun “Xazina” depozit yacheykalari taklif etilmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Agrobankning bank yacheykasida qimmatbaho buyumlarni saqlash qancha turadi?

Depozit yacheykasini ijaraga olish narxi uning o‘lchamiga bog‘liq. Oylik ijara haqi 100 ming so‘mdan boshlanadi. Yacheykani kamida bir oy muddatga ijaraga olish mumkin. Mijozlarga to‘rt xil o‘lchamdagi yacheykalar taklif etiladi.

Yacheyka o‘lchamiga qarab oylik ijara narxlari quyidagicha:

  • 75 × 250 × 350 mm — 100 ming so‘m;

  • 100 × 250 × 350 mm — 125 ming so‘m;

  • 125 × 250 × 350 mm — 150 ming so‘m;

  • 300 × 250 × 350 mm — 200 ming so‘m.

Ijara muddatini uzaytirish mumkin

“Xazina” depozit yacheykasini kamida bir oy muddatga ijaraga olish mumkin. Zarurat tug‘ilganda saqlash muddatini uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

Rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar kerak?

Yacheykani ijaraga olish uchun mijozdan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) hamda bank kartasi talab etiladi.

Xizmat haqida batafsil ma’lumotni Agrobankning Toshkent shahar filiali orqali olish mumkin. “Xazina” depozit yacheykalari haqida qo‘shimcha ma’lumot bankning rasmiy saytida ham mavjud.

Reklama huquqlari asosida