Nurafshondan “Ippodrom”gacha metro ishga tushadimi? “Toshkent metropoliteni” AJ metro atrofidagi masalalarga to’xtaldi
2021-yilda Toshkent metrosidan bir kunda o‘rtacha 280–300 ming kishi foydalangan bo‘lsa, bugun bu raqam 1,2 milliondan oshdi. Yo‘lovchilar soni keskin ko‘paydi, bekatlar gavjumlashdi, poyezdlarga talab ortdi.
6 daqiqa o‘qiladi

Shu bilan birga, metro infratuzilmasi ham kengaydi: 21 ta yangi bekat ochildi, yo‘nalishlar uzunligi 38 kilometrdan 71 kilometrga yetdi. Xo‘sh, yo‘lovchilar oqimi ortib borayotgan bir paytda metroda tirbandliklar qanday kamaytirilmoqda? 2030-yilgacha yo‘lovchilar soni 1,8 millionga yetkazilishi rejalashtirilgan metro bunga tayyormi? Metropolitenatrofidaqandaymuammolimasalalarvujudgakelmoqda? UZ24.uzmuxbirishuhaqidaToshkentmetropolitenimatbuotanjumanidanmaxsusmaqolatayyorladi.
Metropolitendagi nepotizim haqidagi gap-so‘zlarga izoh berildi
Bir necha oy avval tarmoqlarda metropolitenda tanish-bilishchilik va nepotizm borligi hamda xodimlar bundan norozi ekani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. “Toshkent metropoliteni” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Yuldash Yusupov metroda bunday holat borligini butunlay rad etdi. Uning ta’kidlashicha, maxsus komissiya tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida rahbarlarga bevosita manfaat keltiradigan lavozimlarda qarindoshlarning ishlash holatlari aniqlanmagan. Shu bilan birga, metropolitenda bir oilaning bir necha a’zosi, jumladan, ota-ona, aka-uka va farzandlarning ishlashi holatlari mavjud. Biroq ular o‘zaro bir-biriga bo‘ysunmaydigan va faoliyati bog‘liq bo‘lmagan yo‘nalishlarda mehnat qiladi.

“Turon” bekatidashiftqulashiqanchalikzararyetkazgan?
“Turon” bekatidashiftqisminingtushibketishioqibatidabudjetgayetkazilganehtimoliyzararvaushbuhududniqaytaqurishuchunqanchamablag‘ talabetilishihaqidagisavollargajavobberildi. Ta’kidlanishicha, mazkurholathozirdabuyurtmachivaqurilishtashkilotitomonidano‘rganilmoqda. O‘rganishdavomidahodisaningkelibchiqishsabablari, qurilishjarayonidayo‘lqo‘yilganehtimoliykamchiliklar, shuningdek, davlatbudjetigazararyetkazilgan-yetkazilmaganianiqlanadi. Shuningdek, yuzagakelganholatnibartarafetishvazarurta’mirlashishlariniamalgaoshirishuchunqanchamablag‘ talabetilishihamhisob-kitobqilinadi. O‘rganishyakunlaribo‘yichaqo‘shimchama’lumotberilishibildirildi.
Metropoliten vakilining tushuntirishicha, tashkilotning asosiy vazifasi yo‘lovchilar tashish bilan bog‘liq. “Halqa yo‘li” yo‘nalishi hozirda foydalanilayotgan bo‘lsa-da, u to‘liq foydalanishga qabul qilinganidan keyingina liniyani saqlash va undan foydalanish metropolitenning bevosita majburiyatiga aylanadi.
“Ippodrom”gacha yangi metro liniyasi ishga tushiriladi
Metropolitenning kelgusidagi rivojlanish rejalari, yangi metro liniyalari qurilishi hamda bekatlarda poyezdlarning kelish va ketish vaqtini ko‘rsatuvchi elektron tablolar o‘rnatilishi haqida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, yangi quriladigan metro liniyalarida poyezdlarning kelish va ketish vaqtini ko‘rsatib turuvchi elektron soatlar o‘rnatiladi.
Bundan tashqari,
- Yunusobod yo‘nalishining Turkiston bekatidan Chilonzor buyum bozoriga qadar yangi metro liniyasini qurish rejalashtirilgan. Ushbu loyiha Prezidentning 111-sonli qarorida ham belgilangan.
- Yangi metro liniyalarini qurishda zamonaviy texnologiyalar va axborot tizimlaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.
- Eski metro bekatlarida ham poyezdlarning kelish va ketish vaqtini ko‘rsatuvchi elektron tablolar o‘rnatish imkoniyati o‘rganiladi. Bunda qariyb 50 yil avval qurilgan liniyalarning texnik imkoniyatlari va xalqaro tajriba hisobga olinadi.
Shuningdek, UZ24.uz muxbiri metropoliten tarmog‘ini 70 ta bekatgacha kengaytirish rejalari doirasida Bektemir va Chirchiq tumanlariga metro olib borish masalasini ham so‘radi. Yuldash Yusupovning aytishicha, Chilonzor yo‘nalishining so‘nggi bekatlaridan, jumladan, Maksim Gorkiy va Yunus Rajabiy bekatlari tomondan Chirchiqqacha, shuningdek, Chirchiqdan Yangi O‘zbekiston hududigacha metro liniyalarini qurish rejalari mavjud. Biroq ushbu yo‘nalishlar hozircha loyiha bosqichiga o‘tmagan. Ular bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmagan. Avval rejalar Prezidentga taqdim etiladi. Agar loyihalar aholiga manfaatli deb topilsa, tegishli hujjatlar ishlab chiqilib, jamoatchilikka taqdim etiladi.
Bundan tashqari, kelgusida viloyat markazlarida ham metro liniyalarini qurish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Jumladan, aholisi soni ko‘payib borayotgan Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ham metro joriy etish rejalashtirilgan.
Yangi 5 vagon tarkibli metro va tirbandliklar masalalari
Metropolitenda yo‘lovchilar oqimining keskin ortishi, poyezdlar sig‘imi va tig‘iz vaqtlarda harakatlanish oralig‘ini qisqartirish imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tildi. “Toshkent Metropoliteni” AJ bosh muhandisi Mirxokim Mirxusanovning ta’kidlashicha, yo‘lovchilar oqimi ortib borayotgani sababli har bir metro yo‘nalishida besh vagonli poyezdlardan foydalanish rejalashtirilmoqda. Hozirda metropoliten tomonidan 14 ta to‘rt vagonli harakat tarkibi xarid qilingan. Shuningdek, jami 91 ta harakat tarkibi mavjud bo‘lib, shundan 55 tasi yangi poyezdlardir. Xarid qilingan tarkiblarga qo‘shimcha vagonlar qo‘shish orqali ularni besh vagonli qilish taklifi berilgan.
Qayd etilishicha, tig‘iz vaqtlarda poyezdlar harakatlanish oralig‘ini qisqartirish imkoniyati deyarli qolmagan. Masalan, Chilonzor yo‘nalishida poyezdlar eng tig‘iz vaqtlarda 1–1,5 daqiqalik interval bilan harakatlanmoqda. Har bir vagonga 300 nafargacha yo‘lovchi sig‘ishi mo‘ljallangan bo‘lib, ayni paytda eng tig‘iz soatlarda ushbu yo‘nalishga 28 tagacha poyezd chiqariladi.
Mirxokim Mirxusanov yo‘lovchilar oqimining ortishiga yangi ko‘p qavatli uylar qurilishi, xususiy ta’lim muassasalari va boshqa hududlarda o‘quv maskanlarining ochilishi ham ta’sir qilayotganini aytib o‘tdi. Natijada ayrim bekatlarda yo‘lovchilar soni mavjud sig‘imdan oshib ketgan. Shuningdek, metropoliten vakili poyezdlar harakatlanish oralig‘ining uzayishiga yo‘lovchilarning o‘zlari ham sabab bo‘layotgan holatlarga e’tibor qaratdi. Xususan, tushayotgan yo‘lovchilarga yo‘l bermaslik, eshiklarni qo‘l bilan ushlab qolish va poyezd eshiklarining yopilishiga to‘sqinlik qilish harakat jadvaliga ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday holatlar mashinistlar uchun ham noqulaylik tug‘diradi.
Metropolitenda vagonlarning ventilyatsiya tizimi va tig‘iz vaqtlarda havo almashinuvi bilan bog‘liq masalalarga ham izoh berildi. Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda eski harakat tarkiblari bosqichma-bosqich foydalanishdan chiqarilmoqda. Mavjud vagonlarda havo almashinuvi uchun belgilangan tizimlar mavjud va ular ishlab turibdi. Shu bilan birga, har bir vagonga 300 nafar yo‘lovchi sig‘ishi mo‘ljallangan bo‘lsa-da, tig‘iz vaqtlarda bu ko‘rsatkich 400-500 nafargacha yetmoqda. Natijada vagonlarda ortiqcha yuklama yuzaga kelib, yo‘lovchilar uchun noqulayliklar ortmoqda.
Metro tunnellaridan suv sizib chiqmoqda
Metropoliten tunnellarida kuzatilayotgan suv sizib chiqishi va ta’mirtalab holatlar, shuningdek, naqd pulsiz to‘lov tizimiga o‘tish jarayonida xodimlar shtatining qisqartirilishi masalalariga izoh berildi.
Tunnellardagi suv sizib chiqishi bilan bog‘liq muammolar Toshkent shahar hokimligining tegishli kommunal xo‘jalik tashkilotlari bilan hamkorlikda bartaraf etilishini ma’lum qilindi. Bu ishlar joriy ta’mirlash doirasida amalga oshiriladi. Buning uchun har yili 1–2 milliard so‘mgacha mablag‘ materiallar xaridiga sarflanadi.
Shuningdek, joriy yilda Respublika budjetidan metro tunnellarining gidrogeologik holatini o‘rganish va ta’mirtalab qismlarini aniqlash uchun 3,3 milliard so‘m ajratilgan. Hozirda ushbu mablag‘lar doirasida loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va tegishli ishlar amalga oshirilgan.
2027-yilda tunnellardagi aniqlangan muammolarni bartaraf etish va ta’mirlash ishlari uchun 20 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan. Ushbu mablag‘lar ajratilgach, ta’mirtalab tunnel inshootlari bosqichma-bosqich ta’mirlanadi.
Metropoliten ma’muriyati ham tirbandlik vaqtida metroga tushadimi?
UZ24.uz muxbiri metropoliten rahbarlari ham yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va bekatlardagi vaziyatni jonli nazorat qilish uchun tirbandlik vaqtida metroga tushib turish-turmasligi haqidagi savoli bilan yuzlandi.
Yuldash Yusupovning ma’lum qilishicha, rahbar xodimlar ishtirokida haftasiga uch marta, asosan ertalabki tig‘iz vaqtda, soat 07:30 dan 09:30 gacha bekatlarda navbatchilik tashkil etilgan. Bunda rahbar xodimlar yashash joyi va qulayligidan kelib chiqib, muayyan bekatlarga biriktirilgan. Navbatchilik davomida bekatlardagi xavfsizlik choralari, yo‘lovchilar tirbandligi nazorat qilinadi hamda metropoliten xodimlariga amaliy yordam ko‘rsatiladi. Mas’ulning o‘zi esa O‘zbekiston yo‘nalishidagi G‘afur G‘ulom bekatiga biriktirilganini va u yerda kunora navbatchilik o‘tashini bildirdi.


