$
 12741.76
26.69
 14035.05
-6.2
 139.85
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

YTH oqibatida 8 dona yangi Cobalt pachoqlandi

cobalt

Farg‘ona viloyatida UzAuto Motors avtotreyleri YTHga uchradi.

Haydovchi jarohatlanmagan

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatida 4-sentyabr kuni soat taxminan 18:00 da logistika avtotreyleri YTHga uchragan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. Hodisaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan, mashina yo‘ldan chiqib ketgan. YTH oqibatida 8 ta Cobalt avtomobili zarar ko‘rgan, avtotreyler haydovchisi jarohatlanmagan. Hozirda voqea joyida “UzAuto Motors” AJ mas'ul xodimlari ishlamoqda, deyiladi xabarda.

Rossiya va Qozog‘istonda fojia

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 1-sentyabr kuni Nijniy Novgorod yaqinida sodir bo‘lgan YTHda 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘lgan, hodisa yuzasidan jinoyat ishi ochilgan edi. Shuningdek, bu haftada Qozog‘istondan uyga qaytayotgan 7 nafar o‘zbekistonlik ham YTHga uchragan. Qizilo‘rdadan mikroavtobusda yo‘lga chiqqan yurtdoshlarimizning barchasi shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik.

Теги :
Жамият