Qozog‘istondan uyga qaytayotgan o‘zbekistonliklar kuchli YTHga uchradi
Hozirda Qizilo‘rdadan mikroavtobusda yo‘lga chiqqan yurtdoshlarimizning barchasi shifoxonaga yotqizilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonning Chimkent viloyatida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil YTHga uchradi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.
Kuchli to‘qnashuv
Otyrar Telegram kanalida berilgan dastlabki ma’lumotga ko‘ra, “Jibek Joli” bozori yaqinida Olmaota trassasining yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismida Opel Vectra avtomobili Toyota Alphard’ga borib urilgan.
To‘qnashuv shu qadar kuchli bo‘lganki, Opel Vectra’ning dvigateli chiqib ketgan. Oqibatda, yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.
O‘zbekiston fuqarolari shifoxonaga yotqizilgan
“Yana yetti kishi jabrlangan. Ularning barchasi Toyota Alphard salonida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, Qizilo‘rdadan uylariga qaytayotgan bo‘lgan”, deyiladi xabarda. Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.



