Yakshanba, 22-noyabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Keyingi yildan birinchi sinflar yangi alifboda o‘qiydi

O‘zbekistonda lotin alifbosiga kiritilgan o‘zgarishlar maktab ta’limiga ham tatbiq etiladi. 2027/2028-o‘quv yilidan yangi alifbodagi darsliklar joriy etilishi, o‘quvchilar imlosini baholashda esa vaqtinchalik yengilliklar berilishi rejalashtirilmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Birinchi sinf

2027/2028-o‘quv yilidan birinchi sinflar uchun takomillashtirilgan lotin alifbosidagi darsliklar joriy etilishi, keyingi yillarda esa boshqa sinflarning o‘quv materiallari ham bosqichma-bosqich yangilanishi rejalashtirilmoqda.

Darsliklar 2027–2031-yillarda yangilanadi

O‘zbekistonda 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab birinchi sinf o‘quvchilari takomillashtirilgan lotin alifbosi asosida tayyorlangan darslik va o‘quv-metodik majmualardan foydalanishi kutilmoqda.

Bu haqda o‘zbek alifbosiga kiritilgan o‘zgarishlarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida so‘z boradi.

Hujjatga ko‘ra, 2027–2031-yillar davomida umumta’lim maktablarining 1–11-sinflari uchun darsliklar yangi alifboga moslashtirilib, ta’lim jarayoniga bosqichma-bosqich kiritiladi.

O‘quvchilar imlosini baholashda yengilliklar beriladi

Qaror loyihasida 2028-yil 1-avgustgacha 5–11-sinf o‘quvchilarining imloviy savodxonligini baholashda ayrim yengilliklarni qo‘llash ham taklif etilgan.

Bunday tartibni yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ham joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Pedagoglar uchun maxsus o‘quvlar tashkil etiladi

Yangi alifboning ta’lim tizimiga joriy etilishi munosabati bilan 2027-yildan boshlab pedagoglar uchun alohida tayyorgarlik ishlari olib boriladi.

Xususan, o‘qituvchilar yangi alifbo va imlo qoidalarini o‘zlashtirishi uchun o‘quv kurslari, seminar-treninglar hamda vebinarlar tashkil etish rejalashtirilgan.