$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Nijniy Novgorod yaqinida YTHda O‘zbekiston fuqarolari qurbon bo‘ldi

positive

YTH oqibatida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi. Hodis yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

Avtohalokat

Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida (YTH) O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari jabrlandi, deb xabar qilmoqda viloyat IIV bo‘limi.

Hodisa yakshanba kuni soat 11 larda Navashino tumanidagi M-12 federal avtomagistralining 357-kilometrida sodir bo‘lgan.

Hodisa tafsilotlari

“Hyundai Starex” rusumli mikroavtobus haydovchisi Tojikiston fuqarosi boshqaruvni yo‘qotib, to‘siqqa urilgan va ag‘darilib ketgan. Mashinada 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. YTH oqibatida 8 nafar yo‘lovchi qurbon bo‘lgan, 4 kishi, jumladan, haydovchi kasalxonaga yotqizilgan”, - deyiladi xabarda.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining qo‘shimcha qilishiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari Rossiya hududida qonuniy bo‘lgan.

Prezident topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston hukumati tomonidan tez orada halok bo‘lganlarning jasadlarini o‘z vataniga qaytarish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Jinoyat ishi

Hodisa yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 264-moddasi 5-qismi (“Ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir etish) bilan jinoyat ishi ochilgan.

Теги :
Jamiyat