Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +10° kechasi +9°

Toshkentdagi maktabda bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan Rossiya tushuntirish so‘radi

Ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan do‘stona munosabatlarda hech qanday adovatga, ayniqsa, til masalasida o‘rin yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, deyiladi xabarda.

1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi maktabda bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan Rossiya tushuntirish so‘radi

Kecha tarmoqlarda Toshkentdagi maktabda o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan kaltaklanganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. So‘ngra bolalar ombudsmanining IIV va MMTV ga so‘rovi asosida holat o‘rganilib, Chilonzor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligi haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova O‘zbekistondan tushuntirish so‘ralganligini ma’lum qildi.

Vakil video mazmunidan “nihoyatda tashvishlangan”

Ma’lum qilinishicha, Toshkentning Chilonzor tumanidagi 188-maktabda rus tili fani darsida o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova holat bo‘yicha O‘zbekistondan tushuntirish so‘ralganini aytdi.

Zaxarova video mazmunidan “nihoyatda tashvishlangani”ni bildirdi. U mazkur hodisa yuzasidan Moskva Toshkentdan tushuntirish so‘raganini ta’kidladi.

Ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan do‘stona munosabatlarda hech qanday adovatga, ayniqsa, til masalasida o‘rin yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, dedi u.

“Bu masalani diqqat-e’tiborimiz markazida tutamiz”

Shuningdek, Mariya Zaxarova Rossiya O‘zbekistondan yuz bergan hodisaga huquqiy baho berishni va bolaga nisbatan shafqatsizlik qilgan aybdorga qarshi choralar ko‘rishni so‘raganini aytdi.

“Bu masalani diqqat-e’tiborimiz markazida tutamiz”, deya xulosa qildi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi.