2027-yilda Ramazon oyi 8-fevraldan boshlanishi mumkin
Qirg‘iziston va Qozog‘iston 2027-yilgi Ramazon oyi sanasini e’lon qildi. Har ikki davlat diniy idoralarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Ramazon 8-fevraldan boshlanishi kutilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston va Qozog‘iston 2027-yilgi Ramazon oyi sanasini e’lon qildi. Har ikki davlat diniy idoralarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Ramazon 8-fevraldan boshlanishi kutilmoqda. Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi taqvimiga qaraganda, Ramazon hayiti 9-martga, Qurbon hayiti esa 16–18-may kunlariga to‘g‘ri keladi. Qadr kechasi 5-martdan 6-martga o‘tar kechasiga to‘g‘ri keladi.
Sanalar o‘zgarishi ham mumkin
Qirg‘iziston muftiyati ham Ramazon 8-fevralda boshlanishini bildirgan. Biroq ro‘za boshlanadigan aniq sana Ramazon yaqinlashganda tasdiqlanadi. Diniy idoralar hozircha bu sanalar taxminiy ekanini eslatmoqda. Oy ko‘rinishiga qarab, Ramazon va hayit kunlari bir kun oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.




