$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Bolalar ombudsmani: Bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qilganlar javobgarlikka tortilishi shart

bolalar ombudsmani

Bugun Bolalar ombudsmaniga 2012-yilda tug‘ilgan E.G. ning onasi N.G. murojaat qilib, joriy yilning 23-sentyabr kuni mazkur maktabning 6-“V” sinfida rus tili fani darsi vaqtida o‘qituvchi R.O. va uning o‘g‘li E.G. o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelganligi, o‘qituvchi bolaning qulog‘idan cho‘zib, qo‘pol harakatlar bilan o‘tirgan partasidan bolani doska oldiga olib chiqqanligi, yuziga tarsaki urib va yoqasidan bo‘g‘ib, bolani boshini bir necha bor doskaga urganligini bildirdi (Holat to‘liq videoyozuvda aks etgan).

Buzilgan huquqlarni himoya qilish so‘ralmoqda

Bolaning onasi aytishicha, sinf rahbari ham bolaga bunday zo‘ravonlik sodir bo‘lganidan xabar topgan bo‘lsada, vaziyatni to‘liq o‘rganmay, bolani eshitmay, xodisaga uning o‘zi aybdorligini aytib, butun sinf oldida o‘qituvchidan kechirim so‘rashga bolani majbur qilgan. Bunday munosabat natijasida, bola hozirda juda tushkun holatda ekanligi va maktabga borishni istamayotganligi bildirib, N.G. farzandining buzilgan huquqlarini himoya qilishni so‘radi.

Holat o‘rganilmoqda

Bolalar ombudsmanining IIV va MMTV ga so‘rovi asosida mazkur holat o‘rganilmoqda. Hozirda Chilonzor tumani IIB tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Sinov muddatidagi o‘qituvchi

Vaziyat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘qituvchi R.O. sinov muddati bilan maktabga ishga taklif qilingan, lekin u mazkur maktabga ishga qabul qilinganligiga oid buyruq rasman hali chiqmagan bo‘lib, yuqoridagi voqea uning dastlabki ish kunida sodir bo‘lgan.

Bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qilganlar javobgarlikka tortilishi shart

“Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik, nomunosib muomalaga yo‘l qo‘yayotgan shaxslar nafaqat lavozimidan yoki vazifasidan ozod etilishi, balki har qanday holatda ham qonun doirasidagi tegishli javobgarlikka tortilishi shart. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur holatni o‘rganishni davom etadi. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, - deyiladi ombudsman bayonotida.