$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘laydigan kompaniyalar qaysi?

soliq

Soliq qo‘mitasi 2024-yil yanvar–sentyabr oylarida eng ko‘p soliq to‘lagan TOP-10 davlat korxonalari va xususiy kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi. Qayd etilishicha, 2024-yil 9 oyida 949 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan 81,2 trln. so‘mdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirilgan.

Davlat korxonalari orasida

Davlat korxonalari orasida soliq tushumlari miqdori bo‘yicha Navoiy kon metallurgiya kombinati yetakchilik qilmoqda. Hisobot davrida NKMK tomonidan 18,6 trln. so‘mdan ko‘proq soliq to‘langan. Keyingi o‘rinlarni Olmaliq kon metallurgiya kombinati (6,3 trln. so‘m) va UzGasTrade (3 trln. so‘m) egallagan.

Xususiy sektorda

Xususiy sektordagi TOP-10 yirik soliq to‘lovchilar tomonidan uch chorakda qariyb 6,5 trln. so‘m soliq to‘langan. Mazkur reytingda “UzBAT” AJ 843 mlrd. so‘m soliq tushumlarini amalga oshirgan holda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan. Undan keyingi o‘rinlarda “Enter Engineering” LTD va (834 mlrd. so‘m) va “Tashkent Tabacco” MChJ (686 mlrd. so‘m) joylashgan.

Теги :
Iqtisodiyot