$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlanganlar aholining ehtiyojmand toifasiga kiritiladi

maishiy

Mahalliy mehnat organlariga murojaat qilayotgan fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab etilishining oldi olinadi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi axborot xizmati.

Elektron tarzda taqdim etilishi shart bo‘lgan hujjatlar

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, ish qidirayotgan shaxslarning mehnat organlariga ortiqcha hujjatlar taqdim etishiga yo‘l qo‘yilmasligini, bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiyalar taqdim etish mexanizmi takomillashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, ish beruvchilar tomonidan mahalliy mehnat organlariga bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, xodimlarning ishdan ozod etilishi haqidagi axborotni har oyda elektron tarzda taqdim etish shartlari belgilanmoqda. 

Bir necha vazirliklarning nomlanishi aniqlashtirilmoqda

Bundan tashqari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining nomlanishi aniqlashtirilmoqda, shuningdek oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifasiga kiritilmoqda. 

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Теги :
Jamiyat