$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi viloyat hokimlari qonunchilikka zid qarorlar qabul qilyapti?

qaror

2024-yilning 9 oyida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan 126 761 ta qarorlar qabul qilingan. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Ushbu qarorlarning 101 520 tasi hokim qarorlari, 25 241 tasi Kengash qarorlari, 1 208 tasi normativ-huquqiy tusdagi hujjatlar hisoblanadi.

Qaysi viloyat hokimi eng ko‘p qaror chiqargan?

Eng ko‘p hokim qarorlari Toshkent viloyatida qayd etilgan — 6 801 ta, Kengash qarorlarining eng ko‘pi ham shu viloyatda kuzatilgan — 2 434 ta. Eng kam qarorni esa Navoiy viloyati hokimi chiqargan — 2 594 ta, eng kam Kengash qarorlari esa Andijonda — 1 416 ta.

Sohalar kesimida

Chiqarilgan qarorlar sohalar kesimida tahlil qilinsa, davlat boshqaruvi asoslari bo‘yicha 51 677 ta, moliya, iqtisod, soliq va bojxona sohasi bo‘yicha 6 280 ta, yer masalalari bo‘yicha 6957 ta, bandlik va mehnat munosabatlari sohasi bo‘yicha 7 921 ta, qurilish va obodonlashtirish sohasi bo‘yicha 3 597 ta, itimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik, ijtimoiy himoya bo‘yicha 9 121 ta qaror qabul qilingan.

Ularning qanchasi bekor qilingan?

O‘tgan davr mobaynida jami 626 ta qarorlar bekor qilingan bo‘lib, eng ko‘p holat Toshkent viloyati (143), Sirdaryo (106) va Buxoro (68) viloyatlarida kuzatilgan. Samarqandda 11, Xorazmda 2 va Namanganda 1 qaror sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan. 

Qarorlarning qanchasi yopiq?

Qarorlarning 44 837 tasi yopiq, 81 924 tasi ochiq shaklda qabul qilingan. Eng ko‘p yashirilgan qarorlar Xorazm (5 672), Samarqand (5 708), Qashqadaryo (3 575), Farg‘ona (3 332) va Buxoro (3 218) viloyatlarida kuzatilgan.

Hokimlar imzolagan qarorlarini jamoatchilikka ochiqlashdan qoʻrqadimi?

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hokimlar imzolayotgan qarorlarning 30 foizdan ortig‘i yopiq holda qabul qilinayotgani haqida xabar bergan edik.Ularning ko‘pi davlat xaridlari va byudjet mablag‘larini sarflash bilan bog‘liq. Xabaringiz bor, O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimi bo‘lgan “E-qaror” platformasi ishga tushirilgan. Ushbu platforma orqali qaysi hokim qanday qaror qabul qilgani, byudjet pullari nimalarga sarflanayotganini bilib borish mumkin. Biroq ushbu qarorlarning barchasi ham jamoatchilik uchun ochiq emas. Ularning aksariyati ushbu hujjat mazmunida shaxsga doir ma’lumotlar, vasiylik va homiylik yoki amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi foydalanishi cheklangan axborot mavjudligi tufayli yashirilgan.

Теги :
Jamiyat