$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi Afg‘oniston bilan tarixiy shartnomani imzoladi

fnqiz

“S&P Global” nashrining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning neft va gaz kompaniyasi “Saneg” yiliga 2 million tonna afg‘on neftini qayta ishlash bo‘yicha kelishuvga erishgan

Yakuni noma’lum shartnoma 

Nashrning qaydicha, kelishuvga ko‘ra, xom neft Afg‘onistonning Hayraton terminalidan Amudaryo orqali O‘zbekistonga “Saneg” tomonidan taqdim etilgan temir yo‘l vagonlari yordamida tashiladi. Uning aytishicha, O‘zbekiston 100 000 tonna xom nefti oladi, ammo kelishilgan yakuniy hajm xali noma’lum. 

Energetik qaramlik 

Tolibon hukumati doimiy yoqilg‘i tanqisligi sharoitida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga harakat qilmoqda. Afg‘oniston shimolida qazib olinayotgan neftni O‘zbekistonda qayta ishlash bo‘yicha muzokaralar bir necha oydan beri davom etmoqda, deydi manba. Xom neft tarkibida oltingugurtning nisbatan yuqoriligi muhokama qilingan masalalardan biri bo‘lgan. Afg‘oniston ilgari ham mamlakat shimolidagi Amudaryo havzasidan oz miqdorda neft qazib olardi, biroq xom neftni qayta ishlash quvvatiga ega emas edi. Shu bois mamlakat Turkmaniston, Eron va oxirgi vaqtlarda Qirg‘iziston kabi qo‘shni davlatlar yoqilg‘isiga qattiq qaram bo‘lib qolmoqda. 

Eronga bog‘langan tizim 

„Arvin Energy” shirkatining eronlik tahlilchisi Said Hoshimiyga ko‘ra, Afg‘onistonning uzoq vaqtdan beri davom etayotgan energetika inqirozi Eronning yoqilg‘i ta’minoti bilan bog‘liq so‘nggi muammolar tufayli yanada zo‘raygan. “Eron chegaralaridan davlat subsidiyalari evaziga bir necha o‘n million litr chet elga olib chiqiladi”, deydi Hoshimiy. Uning aytishicha, dizel generatorlari poytaxt Kobulda elektr energiyasining uchdan bir qismini ta’minlaydi. 

Xabarlarga ko‘ra, Tolibon 2022-yil bahoridan beri ishlab chiqarishni qayta tiklashga harakat qilmoqda. 2023-yilda Xitoyning G‘arbiy Shinjon mintaqasida joylashgan “Central Asia Petroleum and Gas Co” shirkati Tolibon hukumati bilan yirik neft shartnomasini imzoladi va 2026-yilgacha xom neft ishlab chiqarishga 540 million dollar sarmoya kiritishga va’da bergan. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi O‘zbekistonda Afg‘oniston xomashyosini qayta ishlash uchun texnik imkoniyatlarga ega bo‘lgan yagona zavod hisoblanadi, deydi manba. Xom neft, asosan, O‘zbekiston bozoriga dizel ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

Теги :
Жамият
Иқтисодиёт