$
 12557.67
2.51
 13448.01
17.76
 147.37
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

Chet elda halok bo’layotgan o’zbekistonlik muhojirlar

O

Ma’lumki, O‘zbekistondan turli mamlakatlarga ketgan mehnat muhojirlari soni 2 milliondan ortiqni tashkil qiladi. Ularning 1,5 millioni esa Rossiyada istiqomat qilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Rossiyadagi 1,5 million o‘zbek rasman ish joyiga ega.

Yaqin kunlar ichida bir nechta davlatlarda ayrim o’zbekistonlik mehnat muhojirlar va fuqarolarning ham vafot etganligi aytib o’tilgan edi. Bular quyidagilar:

“Toyota” urib yuborgan muhojirlar mashinasi

Yaqinda Krasnoyarsk o‘lkasida sakkiz nafar muhojir yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Rossiya Ichki ishlar boshqarmasining xabar berishicha, ularning to‘rt nafari vafot etgan, qolgan yo‘lovchilar jabrlangan. "Ozodlik" radiosining xabar berishicha vafot etganlar orasida o‘zbekistonliklar bor.

Ma’lum qilinishicha, muhojirlarni olib ketayotgan haydovchi Kemerovoga ketayotgan bo‘lgan. Xabarga ko’ra, haydovchi hujjatsiz muhojirlarni tashish bilan shug‘ullangan. 

Shuningdek, halokatda aybdor sifatida "Toyota" rusumli mashina keltirilmoqda. "Toyota" yo‘lning harakatga qarshi tomoniga chiqib, katta tezlikda yuk mashinasiga urilgan. Vоqea joyida 4 kishi vafot etgani, 3 kishi yaralangani, mashina ichida keragidan ortiq yo‘lovchilar bo‘lgani xabar berilmoqda. Haydovchi hodisa oqibatida jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Moskvadagi yong’inda halok bo’lgan o’zbeklar

Bundan bir hafta oldin 23-mayga o‘tar kechasi Moskva viloyati Istra shahri Padikovo qishlog‘ida joylashgan yotoqxonada yong‘in sodir bo‘lgan edi. Yong‘in oqibatida 8 nafar kishi halok bo‘lgan va ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi aytilgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur yong‘in ishida esa noqonuniy migratsiyani tashkillashtirganlikda gumonlanib 23 yoshli o‘zbekistonlik hibsga olingan. Unga nisbatan shahar prokuraturasi Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi 2-qismi “a” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki uyushgan guruh tomonidan noqonuniy migratsiyani tashkil etish) va 238-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Ma’lum bo‘lishicha, 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga 7 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Joriy yil 24-may kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida 23 yoshli ayblanuvchiga nisbatan 2024-yil 23-iyulga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.Fuqaro sudda o‘z aybini tan olmagan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishiga ham e’tiroz bildirgan.

O‘zbekiston tomoni ham yong‘inda qolib halok bo‘lganlarning necha nafari o‘zbekistonlik bo‘lgani haqida rasmiy ma’lumot berganicha yo‘q.

Qurilishda halok bo’lgan migrant 

Shuningdek, 21-iyun kuni Sankt-Peterburgning Nevskiy rayonidagi qurilish obyektida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘lgan edi. Muhojir yigit montaj ishlarini bajarayotganda o‘n metr balandlikdan qulagan. 

Ishchining jasadi 21-iyun kuni tushdan keyin Obuxovskaya oborona prospektidagi ustaxonadan topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi montaj vaqtida o‘zini tuta olmay, o‘n metr balandlikdan qulagan.

Erkak hayotiga xavf tug‘diruvchi tan jarohatlari sababli tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelguniga qadar voqea joyida vafot etgan, deya xabar beradi “Оперативное прикрытие” agentligi. Ma’lum bo‘lishicha, marhum uchastkada ishlarni bajargan pudratchi korxonada montajchi bo‘lib ishlagan. Hozirda voqea holatlari aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.

Yashin urishi natijasida vafot etgan o’zbekistonlik

25-iyun kuni esa Qozog‘istonning Atirau viloyatida O‘zbekiston fuqarosi chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘lgandi.

Voqea 25-iyun kuni Usenov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Aniqlik kiritilishicha, tashlandiq uyga chaqmoq tushgan, shundan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan.

"Mahalliy yong‘in xavfsizligi bo‘limining 3 nafar xodimi bitta texnika bilan yong‘inni o‘chirishdi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, uyda odam bo'lgan. Yashin urishi vaqtida u uyning oshxonasida bo‘lgan", – deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 2024-yil 28-may kuni “Beyneu” chegara posti orqali Qozog‘istonga kirib kelgan. U Miyali qishlog‘ida yashovchi fuqaroning uyida vaqtincha ro‘yxatga olingan.

Jasadni ko‘zdan kechirish chog‘ida tan jarohatlari aniqlanmagan. Jasad sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish uchun tuman shifoxonasi o‘likxonasiga topshirilgan.

Теги :
Жамият