$
 12584.05
12.15
 13535.40
69.64
 143.80
-0.03
weather
+26
Кечаси   +14°

Moskvada yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar ishi

Moskva ishi

Bundan bir hafta oldin 23-mayga o‘tar kechasi Moskva viloyati Istra shahri Padikovo qishlog‘ida joylashgan yotoqxonada yong‘in sodir bo‘lgan edi. Yong‘in oqibatida 8 nafar kishi halok bo‘lgan va ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi aytilgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Hozirda mazkur ish yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.  

Gumondor 23 yoshli o‘zbekistonlik

Mazkur yong‘in ishida noqonuniy migratsiyani tashkillashtirganlikda gumonlanib 23 yoshli o‘zbekistonlik hibsga olingan.

Unga nisbatan shahar prokuraturasi Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi 2-qismi “a” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki uyushgan guruh tomonidan noqonuniy migratsiyani tashkil etish) va 238-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Ma’lum bo‘lishicha, 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga 7 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Vaqtinchalik qamoqqa olish ehtiyot chorasi

Joriy yil 24-may kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida 23 yoshli ayblanuvchiga nisbatan 2024-yil 23-iyulga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi.

Fuqaro sudda o‘z aybini tan olmagan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishiga ham e’tiroz bildirgan.

Halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q

Ayni paytda 8 kishining o‘limi bilan bog‘liq tergov ishlar davom etmoqda.

O‘zbekiston tomoni ham yong‘inda qolib halok bo‘lganlarning necha nafari o‘zbekistonlik bo‘lgani haqida rasmiy ma’lumot berganicha yo‘q.

Теги :
Жамият