$
 12011.65
48.49
€
 13462.66
72.3
₽
 143.17
0.84
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekiston Moskvadagi Meet Global MICE Congress 2026 kongressida MICE sohasidagi ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishi mumkin

meet mice

Moskva Meet Global MICE Congress kongressining oʻtgan yilgi rekordini takrorlashga tayyorlanmoqda: 2025-yilda kongressda dunyoning 37 mamlakatidan 2500 dan ortiq mutaxassis ishtirok etgan. 2026-yil 16–17-dekabr kunlari Moskva Xalqaro savdo markazining kongress-markazida MGMC toʻrtinchi marta xalqaro MICE-industriyasining asosiy ishtirokchilarini yuqori darajadagi muloqot uchun birlashtiradi. Ular orasida ishbilarmonlik tadbirlari tashkilotchilari, MICE xizmatlarini yetkazib beruvchilar, korporativ buyurtmachilar, davlat turizm idoralari vakillari, soha assotsiatsiyalari hamda BRIKS va Global Janub mamlakatlarining yetakchi ekspertlari bor.

Oʻzbekistonlik delegatlar uchun MGMC 2026 rivojlanayotgan xalqaro bozorlarda yangi hamkorlar topish, ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatish, biznesni mustahkamlash va oʻz MICE salohiyatini namoyish etishning samarali kanali hisoblanadi. 2025-yilda yetakchi MICE-destinatsiyalarni taqdim etgan 130 dan ortiq eksponent orasida oʻzbekistonlik Sanat Travel Experts DMC, Inter MICE Asia va Silk Road Samarkand kompaniyalari ham bor edi. Ekspozitsiyada mamlakatning zamonaviy MICE infratuzilmasi salohiyati, logistik qulayligi va yuqori darajadagi xizmat koʻrsatish namoyish etildi. Bu yil ham kongress maydonida keng koʻlamli ekspozona tashkil etiladi. Unda oʻzbekistonlik MICE operatorlari, mehmonxona brendlari, soha assotsiatsiyalari, transport kompaniyalari hamda barcha professional va qiziquvchi auditoriya oʻz imkoniyatlarini taqdim etishi uchun sharoit yaratiladi.

Kongress jadvalida Hosted Buyers dasturi alohida eʼtiborga loyiq. Bu yil unda MDH, Xitoy, Hindiston, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlaridan 200 dan ortiq professional xaridor ishtirok etadi. Hosted Buyers dasturida qatnashish oʻzbekistonlik ishtirokchilarga yetakchi MICE xizmatlarini yetkazib beruvchilar bilan aloqa oʻrnatish hamda Moskvaning jahon darajasidagi yetakchi MICE-destinatsiyalardan biri sifatidagi salohiyatini baholash imkonini beradi. Kongress ishtirokchilarining qariyb 70 foizini yuqori boʻgʻin rahbarlari va qaror qabul qiluvchi shaxslar tashkil etishini hisobga olsak, muzokaralarning bu formati shartnomalar tuzish va bitimlarni tezkor rasmiylashtirish uchun katta imkoniyatlarga ega. Oʻtgan yili MGMC maydonida jami 8000 dan ortiq B2B-uchrashuv boʻlib oʻtgan.

MGMC 2026 amaliyotga yoʻnaltirilgan ishbilarmonlik dasturini taqdim etadi. Unda asosiy urgʻu real biznes-keyslar va interaktiv formatlarga qaratiladi. Dastur markazida MICE-industriyasi ishtirokchilari uchun amaliy vositalar turadi: strategiyani shakllantirishdan tortib, gʻoyani aniq moliyaviy natijaga aylantiradigan amaliy yechimlargacha. Delegatlar yangi bozorlarga chiqish, investitsiyalarni jalb qilish, biznesni qoʻllab-quvvatlash choralari va raqamli transformatsiya, jumladan, sunʼiy intellektni joriy etish masalalarini muhokama qiladi. Alohida sessiyalar hududlarning madaniy kodiga tayangan holda kuchli destinatsiya brendlarini yaratishga, shuningdek, BRIKS va Global Janub bozorlarida ishlash xususiyatlariga bagʻishlanadi. Iqtisodiy blokda rentabellikni boshqarish, pul oqimidagi uzilishlarning oldini olish va nostandart daromad manbalarini izlash masalalari koʻrib chiqiladi. Biznes-modelning evolyutsiyasiga, yaʼni “odam-soat” sotishdan buyurtmachiga oʻlchanadigan qiymat taqdim etishga oʻtishga alohida eʼtibor qaratiladi. Yuqori oʻsish surʼatlarini saqlab qolgan va biznesini muvaffaqiyatli kengaytirgan bozor yetakchilari oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashadi.

MGMC har yili trendlarni muhokama qilish va hamkorlik aloqalarini oʻrnatish uchun professional platforma sifatidagi darajasini oshirib, xalqaro MICE-industriyasi uchun sohaviy tadbirlarning yangi mezonini belgilab bermoqda.

“Oʻzbekistonlik mutaxassislar uchun MGMC — bu ishbilarmonlik aloqalari geografiyasini kengaytirish, oʻz malakasini namoyish etish, jahon MICE-industriyasi qanday rivojlanayotganini koʻrish va Moskva bilan zamonaviy MICE-destinatsiya sifatida tanishish imkoniyatidir. Biz uchun esa oʻzbekistonlik hamkasblarning ishtiroki nafaqat Moskva tajribasi bilan oʻrtoqlashish, balki ilgʻor tajribalarni oʻrganish, birgalikda yangi hamkorlik nuqtalarini izlash va professional muloqotni rivojlantirish imkoniyatidir”, — deb hisoblaydi Anastasiya Popova, “Moskva turizm va mehmondoʻstlikni rivojlantirish boʻyicha loyiha ofisi” avtonom notijorat tashkiloti (Mosturizm) bosh direktorining ishbilarmonlik turizmini rivojlantirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari.

MGMC 2026 haqida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish imkoniyati tadbirning rasmiy saytida mavjud.