$
 12584.05
12.15
 13535.40
69.64
 143.80
-0.03
weather
+26
Кечаси   +14°

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik quruvchi halok bo‘ldi

Halok bo‘lgan migrant

Sankt-Peterburgning Nevskiy rayonidagi qurilish obyektida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘lgan. Muhojir yigit montaj ishlarini bajarayotganda o‘n metr balandlikdan qulagan. Bu haqda Migrant.uz nashri xabar berdi.

Ishchining jasadi oborona prospektidagi ustaxonadan topilgan

Ishchining jasadi 21-iyun kuni tushdan keyin Obuxovskaya oborona prospektidagi ustaxonadan topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi montaj vaqtida o‘zini tuta olmay, o‘n metr balandlikdan qulagan.

Bu bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin

Erkak hayotiga xavf tug‘diruvchi tan jarohatlari sababli tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelguniga qadar voqea joyida vafot etgan, deya xabar beradi “Оперативное прикрытие” agentligi. Ma’lum bo‘lishicha, marhum uchastkada ishlarni bajargan pudratchi korxonada montajchi bo‘lib ishlagan. Hozirda voqea holatlari aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.

Ma’lumot uchun,11-iyun kuni VDNXdagi “Xalqlar do‘stligi” favvorasida sahna o‘rnatish vaqtida uch nafar ishchi jarohat olgan edi. Ular qurilish havozasi ishdan chiqqani sababli sakkiz metr balandlikdan qulagan.

Теги :
Жамият