O‘zbekiston aholisi 40 millionga yaqinlashdi
O‘zbekiston aholisi 39,5 milliondan oshdi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabr holatida mamlakatda 39 million 535 ming 225 kishi yashamoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston aholisi 39,5 milliondan oshdi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabr holatida mamlakatda 39 million 535 ming 225 kishi yashamoqda.
Bir yil ichida aholi soni 692 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paygan.
Hududlar bo‘yicha aholi soni:
• Samarqand viloyati — 4,46 million;
• Farg‘ona viloyati — 4,29 million;
• Toshkent viloyati — 3,79 million;
• Qashqadaryo viloyati — 3,74 million;
• Andijon viloyati — 3,57 million;
• Toshkent shahri — 3,27 million;
• Namangan viloyati — 3,19 million;
• Surxondaryo viloyati — 3,03 million;
• Qoraqalpog‘iston — 2,16 million;
• Xorazm viloyati — 2,16 million;
• Buxoro viloyati — 2,12 million;
• Jizzax viloyati — 1,54 million;
• Navoiy viloyati — 1,19 million;
• Sirdaryo viloyati — 965 ming.
Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida, eng kam aholi esa Sirdaryo viloyatida yashaydi.




