Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak yashin urib halok boʻldi

Jasad sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish uchun tuman shifoxonasi o‘likxonasiga topshirildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Qozoq tez yordami

Qozog‘istonning Atirau viloyatida O‘zbekiston fuqarosi chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Tengrinews nashri.

Chaqmoq urishi natijasida uy yonib ketgan

Voqea 25-iyun kuni Usenov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Aniqlik kiritilishicha, tashlandiq uyga chaqmoq tushgan, shundan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan.

"Mahalliy yong‘in xavfsizligi bo‘limining 3 nafar xodimi bitta texnika bilan yong‘inni o‘chirishdi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, uyda odam bo'lgan. Yashin urishi vaqtida u uyning oshxonasida bo‘lgan", - deyiladi xabarda.

Marhum Miyali qishlogʻida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtgan

 Ma’lum bo‘lishicha, 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 2024-yil 28-may kuni “Beyneu” chegara posti orqali Qozog‘istonga kirib kelgan. U Miyali qishlog‘ida yashovchi fuqaroning uyida vaqtincha ro‘yxatga olingan.

Jasadni ko‘zdan kechirish chog‘ida tan jarohatlari aniqlanmagan. Jasad sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish uchun tuman shifoxonasi o‘likxonasiga topshirildi.