$
 12692.42
100.85
 14511.24
-34.54
 158.44
4.62
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda Marburg gemorragik isitmasini oldini olish choralari koʻrilmoqda

virus

Joriy yilning 29-sentyabr kuni Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti Afrika qit’asidagi Ruanda davlatida Marburg gemorragik isitmasi qayd etilganligini ma’lum qildi.

 Ma’lumotlarga koʻra, joriy yilning 28-sentyabr holatiga Ruandaning 30 ta okrugining yettitasida, jami 26 ta tasdiqlangan holat roʻyxatga olingan va shundan 6 ta holatda oʻlim qayd etilgan.

Sanitariya nazorat punktlarining (SNP) xushyorligi oshirilmoqda

JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda.

Marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida dunyoning koʻplab mamlakatlari bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasida ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan Sanitariya nazorat punktlarining (SNP) xushyorligi oshirilgan.

Marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:

Gemorragik isitma kasalligiga gumon qilingan bemorlarni oʻz vaqtida aniqlab, izolyatorlarga alohidalash;

gumon qilingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan tibbiyot xodimlari tomonidan standart extiyot choralarini koʻrish, qoʻshimcha ravishda infeksiyani yuqtirishini oldini olishga qaratilgan shaxsiy ximoya vositalaridan toʻliq foydalanish;

gumon qilingan bemorlarning qoniga tegmaslik, bemor ajratgan tana suyuqliklari, shuningdek ular bilan ifloslangan yuzalar bilan muloqatda boʻlmaslik;

kasallikning etiologiyasi, klinikasi, laborator tashhisoti va kasallikni oldini olish va profilaktikasi boʻyicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish;

kasallikni nazorat qilishda xavfsiz in’eksiya usullarini qoʻllash, shaxsiy himoya vositalaridan toʻgʻri foydalanish, qayta ishlatilayotgan tibbiy asboblarni zararsizlantirish va chiqindilarini xavfsiz yoʻq qilish;

infeksiya boʻyicha aholini xabardorligini oshirish maqsadida aholi orasida tushuntirish va targʻibot ishlarini amalga oshirish kabi choralari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Qo‘mita jiddiy xavotirga oʻrin yoʻqligini ta’kidladi.

Qozog‘istondagi nazorat choralari

Eslatib o‘tamiz avvalroq, Qozog‘iston Marburg virusining tarqalmasligi uchun nazorat choralarini kuchaytirganini, kasallikning respublikaga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida xalqaro aeroportlarda, davlat chegarasida sanitariya-karantin nazorati amalga oshirilib, barcha kelgan yo‘lovchilarni kontaktsiz harorat o‘lchash yo‘li bilan tekshirish ishlari olib borilayotganini xabar bergan edik.