$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qozog‘iston mamlakatda Marburg virusi tarqalmasligi uchun nazorat choralarini kuchaytirmoqda

marburg

Qozog’istonda Marburg virusi sababli nazorat choralari kuchaytirilmoqda. Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, kasallikning klinik belgilari virus yuqqandan keyin 2-21 kun ichida namoyon bo‘ladi.

Aeroportlarda ham nazorat kuchaytirilgan

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘istonda yangi xavfli infeksiya – Marburg virusi tarqalishi tufayli epidemiologik vaziyat ustidan nazorat kuchaytirildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Qozog‘iston davlat sanitariya bosh vrachi Sarxat Beysenovaning ta’kidlashicha, kasallikning respublikaga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida xalqaro aeroportlarda, davlat chegarasida sanitariya-karantin nazorati amalga oshirilmoqda, barcha kelgan yo‘lovchilarni kontaktsiz harorat o‘lchash yo‘li bilan tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Qozog’iston SSV fuqarolarga bir qancha tavsiyalar bermoqda

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, kasallikning klinik belgilari virus yuqqandan keyin 2-21 kun ichida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, vazirlik qozog‘istonliklarga epidemiya tarqalgan davlatlarga sayohat qilganda quyidagi profilaktik choralarni ko‘rishni tavsiya qildi:

Virus yuqtirgan odamlar bilan aloqadan qochish;

Afrika o‘rmonlarida yashovchi yovvoyi hayvonlardan ehtiyot bo‘lish;

Mahalliy hayvonlarning go‘shtini yaxshi pishmagan holda iste’mol qilmaslik;

Virus tashuvchi hisoblanuvchi Misr ko‘rshapalaklari yashaydigan g‘or va konlarga bormaslik;

Kasallik alomatlari paydo bo‘lganda darhol tibbiy yordamga murojaat qilish;

Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish.

Shuning bilan birga, Sog‘liqni saqlash vazirligi Marburg virusiga qarshi maxsus davolash usuli va vaksina yo‘qligini hamda faqat simptomatik davolash olib borilishini ma’lum qilgan.

Marburg o‘zi qanaqa virus?

“Marburg — xavfli virus bo‘lib, filoviruslar turiga kiradi. Tabiiy tashuvchilar ko‘rshapalaklar bo‘lib, ular bu kasallikni simptomlarsiz o‘tkazadi, lekin odamlar uchun xavfli. Virus odamga bevosita aloqa orqali yuqadi. Zarar ko‘rgan teri yoki shilliq qavat orqali kasallik yuqtirilishi mumkin. Shuningdek, virus bilan kasallangan odamning to‘shak yoki kiyimi kabi narsalar bilan aloqada bo‘lish orqali ham yuqishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, kasallikning asosiy simptomlari isitma, tomoq og‘rig‘i, toshma, qorin og‘rig‘i, burun va ko‘zdan qon ketishi.