$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi banklar talabalar uchun imtiyozli kredit ajratadi?

Ta

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-maydagi PF-82-sonli Farmoniga muvofiq 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim kreditini olish uchun arizalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ta’lim krediti” axborot tizimi (ta’lim-krediti.mf.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish imkoniyati yaratildi.

Talabalar uchun imtiyozli taʼlim krediti miqdorlari

Endilikda imtiyozli ta’lim krediti respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy va professional ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallarida kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

• yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozirda 13,5%)

• xotin-qizlar uchun — foizsiz (0%) ajratiladi.

Ta’lim krediti oliy ta’lim tashkilotlarining:

• birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;

• ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno.

  1. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki”
  2. “Turonbank” ATB
  3. “Aloqabank” ATB

 jamg‘arma hisobidan ajratiladigan ta’lim kreditlarini faqat kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim oladigan talaba va o‘quvchilar uchun ajratish tizimi yo‘lgan qo‘yildi. 

 Endilikda imtiyozli ta’lim kreditini olish uchun arizalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ta’lim krediti” axborot tizimi (ta’lim-krediti.mf.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali topshirishlari yoki tijorat banklariga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin.

Kredit olish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?

Xotin-qizlarga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga to‘lab beriladi.

Imtiyozli ta’lim krediti tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun hamda qo‘shma ta’lim dasturlarining O‘zbekistondan tashqaridagi o‘qish davri uchun ajratilmaydi.

Imtiyozli ta’lim kredit olish uchun qaysi banklarga murojaat qilish kerak?

Kredit oluvchi ta’lim kreditini olish uchun Iqtisodiyot va Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga murojaat qilishi mumkin.

Vazirlik bilan bosh bitim imzolagan tijorat banklari ro‘yxati:

  • “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki”;
  • “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATB;
  • “Agrobank” ATB;
  • ATB “Biznesni rivojlantirish banki”;
  • “Turonbank” ATB;
  • ATB “Aloqabank”;
  • “Oriyent Finans” XATB;
  • Chet el kapitali ishtirokidagi “Xamkorbank” ATB;
  • “Mikrokreditbank” ATB.
Теги :
Жамият
Иқтисодиёт