$
 12920.16
-13.0
 14681.18
-38.05
 158.61
0.33
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

“El Klasiko” qaytmoqda: “Real Madrid” — “Barselona” o‘yini prevyusi

El Klasiko

1902-yilda “Barselona“ va “Real Madrid” jamoalari o‘rtasidagi “Ippodrom“da o‘tkazilgan birinchi o‘yinda kataloniyaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgan. Boshqa bir manba versiyasiga ko‘ra, hammasi 1929-yilda “Les Korts“ stadionida bo‘lib o‘tgan Chempionship o‘yinida madridliklarning g‘alabasi bilan boshlangan. O‘shandan beri jamoalar yuqoridagi ikki manba ma’lumotlarini inobatga olsak, barcha musobaqalarda 243 yoki 244 ta o‘yin o‘tkazishgan. Bugun esa bu jamoalar o‘rtasidagi 244 yoki 245-rasmiy o‘yin bo‘lib o‘tadi. 

Hammasi yaxshidek, ammo...

“Real Madrid” ushbu mavsumni nisbatan qiyin boshladi. Ha, avgust oyidagi ikkita durangdan so‘ng, u “Atletiko“ bilan durang o‘ynab, yetti turda faqat bir marta ochko yo‘qotdi. Chempionlar ligasida “Lill“ga yutqazgan bo‘lsa-da, keyin “Borussiya”ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Natija borasida haqiqatda hammasi yomon emasdek. Madrid LA Ligada ikkinchi bo‘lsa-da, “Barselona”dan atigi uch ochkoga ortda qolgan bo‘lsa-da, kutilgan ochkolar bo‘yicha u to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. 

Real Madrid Vs Borussia Dortmund: Vinicius Hat-trick, El Real Menang 5-2

Mezbonlar tarkibidagi yo‘qotishlar

“Borussiya"ga qarshi o‘yinda Tibo Kurtua mushaklarini jarohatlab oldi va uch haftaga safdan chiqdi. Rodrigoning ham son mushaklarida noqulaylik borligi va “El Klasiko”ni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi. Shuningdek, David Alaba va Daniel Karvaxal ham lazaretda.

“Real Madrid” bir yarim yildan beri o‘z uyida mag‘lub bo‘lmadi

Madridning “Real” jamoasi La Ligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasini ketma-ket 42 o‘yinga yetkazdi. Mezbonlar “Barselona”ning rekordini takrorlashi uchun bugungi o‘yinda mag‘lub bo‘lmasligi talab etiladi. Qirollik klubi o‘z maydonida barcha turnirlarda ketma-ket 40 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmay kelmoqda. Madridliklar oxirgi marta “Santyago Bernabeu“da 2023-yilning 8-aprelida “Vilyarreal“ bilan bahsda muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. 

FC Barcelona 4-1 Bayern Munich by the numbers

“Barselona” “Bavariya“ni mag‘lub etdi va yana bir seriyani buzishga harakat qiladi

“Barselona” mavsum davomida bor-yo‘g‘i ikkita xatoga yo‘l qo‘ydi – Chempionlar Ligasining asosiy bosqichining birinchi turida “Monako”ga (1:2) mag‘lub bo‘ldi va Ispaniya Primerosida “Osasuna”ga imkoniyatni boy berdi. Birinchi holatda kataloniyaliklar ozchilikda, ikkinchisida o‘rinbosarlar jamoasi bilan o‘ynashdi. Qolgan 11 o‘yinda “Barselona” 11 ta g‘alabaga erishgan. Ahamiyatlisi, 6 uchrashuvda kataloniyaliklar 4 ta va undan ko‘p gol urishgan. Shuningdek, ular Chempionlar Ligasining so‘nggi turida esa “Bavariya” bilan to‘qnash kelgan olti o‘yinlik mag‘lubiyatli seriyasini to‘xtatib, ularni 4:1 hisobida mag‘lub etishdi. Navbatdagi seriya: “Barselona“ “Real”ga to‘rtta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Uzoq vaqtdan so‘ng klub ekspertlar nazdida birinchi marta bo‘lajak Klasikoga (agarda favorit bo‘lmasa) autsayder bo‘lmagan holatda yetib kelmoqda.

Mehmonlar tarkibidagi yo‘qotishlar

“Barselona” mavsum boshidan buyon ko‘plab yo‘qotishlarga duch keldi. Endilikda vaziyat asta-sekin barqarorlashmoqda. “Bavariya“ga qarshi o‘yinda Fermin Lopes tuzalganidan so‘ng ilk bor maydonga tushdi, Gavi va Frenki De Yong esa formaga kirishish uchun bir necha o‘yin daqiqalariga ega bo‘lishdi. Dani Olmo esa 15 daqiqagina vaqtga egalik qildi. U bugungi o‘yinda dastlabki daqiqalardanoq “Real“ga qarshi o‘ynash ehtimoli mavjud. Erik Garsiya, Ronald Arauxo, Andreas Kristensen, Ferran Torres, Mark Bernal va Mark-Andre ter Shtegenlar lazertda qolmoqda.

The evolution of Guardiola v Mourinho: Will they ever be 'friends' again? -  The Athletic

Bugungi o‘yin nafaqat futbolchilar o‘rtasida, balki murabbiylarning ham o‘ziga hos qarama-qarshiligiga aylanadi. Shunday ekan, keling, Klasikolar tarixida murabbiylar qanday natija qayd etganini ko‘rib chiqamiz. 

“Real Madrid” murabbiylari:

  • Migel Munos: 31 o‘yinda 14 g‘alaba
  • Lui Moloni: 10 o‘yinda 6 ta g‘alaba
  • Joze Mourino: 17 uchrashuvda 5 ta g‘alaba
  • Zidan: 9 uchrashuvda 4 ta g‘alaba
  • Leo Bennxakker: 11 uchrashuvda 3 ta g‘alaba
  • Visente del Boske: 10 o‘yinda 3 ta g‘alaba

“Barselona” murabbiylari:

  • Pep Gvardiola: 15 o‘yinda 9 g‘alaba
  • Yoxan Kroyff: 22 o‘yinda 8 g‘alaba
  • Rinus Mishels: 12 uchrashuvda 4 ta g‘alaba
  • Van Gal: 9 uchrashuvda 4 ta g‘alaba
  • Daucik: 8 o‘yinda 4 g‘alaba,
  • Keyingi o‘rinlarda Raykard (10 tadan 3 tasi) va Luis Enrike (6 tadan 3 tasi).

Eslatib o'tamiz, “Real Madrid” va “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuv soat 00:00da boshlanadi. O‘yin Zo‘rTV orqali namoyish etiladi.

Теги :
Jamiyat