Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +19° kechasi +10°

Alifbo o‘zgardi: endi pasportlarni almashtirish kerakmi?

Prezident yangi alifbo haqidagi qonunni imzoladi. Yangi qonunga ko‘ra, endi lotin alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgaradi.

1 daqiqa o‘qiladi

Alifbo

Endi O‘ → Ö, G‘ → Ğ, Sh → Ş, Ch → Ç shaklida yoziladi. Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bu o‘zgarishni “uzoq yillik tarixiy xatoning tuzatilishi” deb baholadi. 


U alifboni yangilash tashabbusini 2023-yilda ham ilgari surganini eslatdi. Ma’lum qilinishicha, amaldagi hujjatlar, pullar va qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchida qoladi. Darsliklar, peshlavhalar va ko‘rsatkichlar esa bosqichma-bosqich yangilanadi.