Bir asrda beshinchi alifbo: O‘zbekiston yana alifbo islohotini amalga oshirdi
O‘zbek alifbosi yana o‘zgarmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish haqidagi qonunni imzoladi. Endi O‘, G‘, Sh va Ch o‘rniga Ö, Ğ, Ş va Ç harflari ishlatiladi. “Ng” alohida harf birikmasi sifatida alifbodan chiqariladi. Yangilangan alifbo 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi. Qonun rasmiy e’lon qilinganidan olti oy o‘tib kuchga kiradi.
5 daqiqa o‘qiladi

Bu qaror O‘zbekistonning qariyb bir asrlik yozuv tarixidagi navbatdagi burilishdir. Mamlakat 1929-yilda arab yozuvidan lotinga, 1940-yilda lotindan kirillga, 1993-yilda esa yana lotinga o‘tishga qaror qilgan. 1995-yilda lotin alifbosi qayta tahrirlangan. Oradan 31 yil o‘tib, to‘rtta harfning yozilishi yana o‘zgarmoqda.
Dunyoda bunday tajriba yangilik emas. Turkiya 1928-yilda yozuvini deyarli bir kechada almashtirgan. Vyetnam bir necha asr davomida lotin yozuvini ommalashtirgan. Xitoy esa alifbo almashtirmasdan, ierogliflarini soddalashtirgan. Bu mamlakatlarning tajribasi qator savollarni o‘rtaga tashlaydi: alifboni o‘zgartirish jamiyatga nima beradi va uning narxi qanchaga tushishi mumkin?
Turkiya: 1928-yilda boshlangan keskin burilish

1928-yil 1-noyabrda Turkiya Buyuk Millat Majlisi yangi turk alifbosi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Usmonli turk tilida qo‘llangan arab yozuvi o‘rniga lotin yozuvi asosidagi 29 harfli alifbo joriy qilindi. Islohotning asosiy tashabbuskori Mustafo Kamol Otaturk edi. U yangi alifboni ommalashtirish kampaniyasida shaxsan qatnashgan. Shaharlarda ommaviy darslar tashkil etilgan, davlat xizmatchilaridan yangi yozuvni o‘rganish talab qilingan. 1929-yilda Millat maktablari orqali katta yoshdagilarga ham yangi alifbo o‘rgatila boshlandi. Gazetalar, davlat hujjatlari va darsliklar qisqa muddatda lotin yozuviga o‘tkazildi. Islohotning tilshunoslikka oid sababi ham bor edi. Arab yozuvi turk tilidagi unlilarni aniq ifodalashda qiyinchilik tug‘dirardi. Lotin alifbosiga esa Ç, Ş, Ğ, Ö va Ü kabi belgilar kiritildi.
Turkiyada keyingi o‘n yilliklarda savodxonlik sezilarli oshdi. Biroq bu natijani faqat alifbo bilan izohlab bo‘lmaydi. Majburiy ta’limning kengayishi, maktablar sonining ko‘payishi va davlatning savodxonlik kampaniyalari ham muhim rol o‘ynadi. Islohotning boshqa oqibati ham bo‘ldi. Yangi avlod Usmonli davrida yozilgan kitoblar, gazetalar va arxiv hujjatlarini maxsus tayyorgarliksiz o‘qiy olmasdi. Turkiya tajribasi yozuvni tez-tez almashtirish tarixiy adabiyotlar bilan muammolar yuzaga kelish mumkinligini ko‘rsatdi.
Vyetnam: lotin yozuvining bir necha asrlik yo‘li
Vyetnamda yozuv islohoti Turkiyadan butunlay boshqacha kechdi. Bu yerda yangi yozuv davlat qarori bilan birdan joriy etilmadi. Asrlar davomida mamlakatda xitoy ierogliflariga asoslangan chữ Hán va mahalliy chữ Nôm yozuvlari ishlatilgan. XVII asrda yevropalik missionerlar vyetnam tilini lotin harflari orqali ifodalash tizimini rivojlantira boshladi. Bu yozuv Quốc Ngữ deb ataladi. Vyetnam tilida ohanglar so‘z ma’nosini o‘zgartiradi. Shu sababli lotin harflariga ko‘plab qo‘shimcha belgilar kiritildi. Masalan, ma, má, mà, mả, mã va mạ yozuvlari turli ma’nolarni bildirishi mumkin.
XIX asr oxiri va XX asr
boshlarida fransuz mustamlakachilik ma’muriyati Quốc Ngữ yozuvining
kengayishiga ta’sir ko‘rsatdi. Keyinchalik mahalliy matbuot, yozuvchilar va
milliy harakat vakillari ham undan faol foydalandi. 1945-yilga kelibginA
yangi hukumat savodxonlik kampaniyalarida lotin yozuvini keng qo‘lladi.
Natijada Quốc Ngữ zamonaviy vyetnam tilining asosiy yozuv tizimiga aylandi. Bu o‘zgarish
bosma matnlarni ko‘paytirish va aholiga yozishni o‘rgatishda muhim vosita bo‘ldi.
Ammo tarixiy qo‘lyozmalarni o‘qish uchun eski yozuvlarni alohida o‘rganish
zarurati tug‘ildi.
Xitoy: minglab belgilarni soddalashtirish tajribasi
Xitoy alifbo almashtirmagan. Mamlakat yozuv tizimidagi murakkab belgilarni soddalashtirish yo‘lidan borgan. 1956-yilda Xitoy Xalq Respublikasi ierogliflarni soddalashtirish dasturini boshladi. 1964-yilda soddalashtirilgan belgilar ro‘yxati e’lon qilindi. Masalan, an’anaviy 龍 belgisi 龙 shakliga, 書 belgisi esa 书 shakliga o‘zgardi. Ayrim ierogliflarda yozish uchun zarur chiziqlar soni ancha kamaydi.
Davlat bu islohotni
savodxonlikni oshirish, yozuvni o‘rgatishni yengillashtirish va matbaa
ishlarini rivojlantirish bilan bog‘ladi. Keyingi o‘n yilliklarda esa Xitoyda
savodxonlik darajasi oshdi. Ammo bunda umumiy ta’limning kengayishi ham katta
rol o‘ynadi. Shunga qaramay, islohot barcha xitoy tilida so‘zlashuvchi
hududlarda bir xil qabul qilinmadi. Xitoy va Singapur soddalashtirilgan
belgilarni qo‘llasa-da, Tayvan va Gonkongda an’anaviy ierogliflar
saqlangan. Shu tariqa bir tilning yozma shaklida ikki xil standart yuzaga
kelgan.
Ozarbayjon: uch marta o‘zgargan alifbo
Ozarbayjon yozuvi XX asr davomida uchta katta o‘zgarishni boshdan kechirdi. 1929-yilda arab yozuvidan lotinga o‘tildi, 1939-yilda kirill alifbosiga o‘tish qarori qabul qilindi va 1940-yildan qo‘llana boshlandi. Mustaqillik arafasida, ya’ni 1991-yilda lotin yozuvini qayta tiklash to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Yangi alifbo 32 harfdan iborat bo‘ldi. Unda Ə, Ç, Ğ, Ö, Ş va Ü kabi belgilar bor edi.
2001-yil 1-avgustdan lotin yozuviga o‘tish davlat miqyosida jadallashtirildi. Davlat idoralari, ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar yangi standartga moslashdi. Ozarbayjonning o‘ziga xos tajribasi shundaki, lotin yozuviga o‘tishdan keyin eski adabiyotni yangi yozuvda qayta nashr qilishga ham e’tibor qaratildi. 2004-yilda Prezident farmoni bilan ozarbayjon tilidagi muhim asarlarni lotin yozuvida ommaviy nashr etish dasturi belgilandi.
Turkmaniston: mustaqillikdan keyingi yangi yozuv
Turkmaniston ham sovet davrida arab, lotin va kirill yozuvlaridan foydalangan. 1993-yilda mamlakat lotin yozuviga qaytish haqida qaror qabul qildi. Dastlabki variantda ayrim noodatiy belgilar ishlatilgan. Keyinchalik alifbo qayta ko‘rib chiqildi va 30 harfli zamonaviy turkman alifbosi shakllantirildi.
Qozog‘iston: yangi alifbo nega qayta-qayta muhokama qilindi?
2017-yilda Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq tilini kirilldan lotin yozuviga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Dastlab taklif etilgan variantda apostroflar keng qo‘llanilgan. Masalan, ayrim harflar S’ va G‘ shaklida yozilishi ko‘zda tutilgan. Bu internetda yozish, qidirish va matnni qayta ishlash bilan bog‘liq savollarni yuzaga chiqardi.
2018-yilda yangi variant tasdiqlandi. Unda ayrim tovushlarni ifodalash uchun ikki harfli birikmalar qo‘llanildi. Keyingi muhokamalarda esa diakritik belgilar bilan yoziladigan harflarga ustunlik berildi. 2021-yilda yana bir takomillashtirilgan loyiha taqdim etildi, unda Ä, Ö, Ü, Ū, Ğ va Ş kabi belgilar mavjud ed.



