$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Muhokamalarga chek qo‘yilmoqda: Toshkentda isitish mavsumi 7-noyabrdan boshlanadi

Isitish

Toshkent shahrida isitish mavsumi 7-noyabrdan boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar qildi.

Issiqlik muhitining aylanma harakati

Hokimlik “ko‘plab murojaatlari va meteorologiya xizmati ma’lumotlariga muvofiq” Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Muvofiq ravishda, 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.

Tayyorgarlik ishlari

Bundan oldin, Veolia Energy Tashkent kompaniyasi “Toshkent Issiqlik Markazi” va “Toshkent Issiqlik Elektr Markazi” bilan hamkorlikda, shaharni issiqlik ta’minoti bilan barqaror ta'minlash asosida kompleks tayyorgarlik ishlarini amalga oshirgani haqida xabar bergan edik.

Poytaxtda mavjud 217 ta qozonxonaning 29 tasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilgan. 76 km eskirgan issiqlik quvurlari almashtirildi va 1.32 km issiqlik tarmoqlari yer ostiga olindi.

47.1 km Issiqlik tarmoqlaridagi izolyatsiya qoplamasi qayta tiklanib, 12 ta nasos stansiyalari mukammal ta’mirlandi. 92 ta nasos stansiyasi esa joriy ta’mirlandi. 1512 ta zulfinlar almashtirildi. Bu esa yillik rejani 129 foizga bajarish degani. Bundan tashqari, 2927 dona havodan o‘tgan issiqlik quvurlari bo‘yaldi . 159 ta hisoblagich va 112 dona Individual issiqlik punktlari o‘rnatilgan. Shuningdek, qish mavsumida zarur bo‘ladigan zaxira anjomlari 100 foiz hozirlab qo‘yilgan.

Narxlar 15 foizga oshgan

Shuningdek, Toshkent shahri hokimi qarori bilan markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun narxlar oshirilgan. Veolia Energy Tashkent tomonidan ko‘rsatiladigan markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun quyidagi narx (tarif)lar tasdiqlangan:

·       tartibga solinadigan bazaviy narx (tarif) va byudjet tashkilotlari tarifi amaldagi darajasida (mos ravishda QQSsiz 664 465 so‘m/Gkal va 801 963 so‘m/Gkal);

·       aholi uchun 121 617 so‘m/Gkal (QQSsiz) (avval 105 754 so‘m/Gkal edi);

·       boshqa ulgurji tashkilotlarga 244 497 so‘m/Gkal (QQSsiz) (avval 212 606 so‘m/Gkal edi).

Теги :
Jamiyat