$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Poytaxtdagi isitish mavsumi: Hamma narsa tayyor, ammo sanasi noma’lum

isitish

Poytaxtda hademay issiqlik mavsumi boshlanish arafasida. Veolia Energy Tashkent kompaniyasi “Toshkent Issiqlik Markazi” va “Toshkent Issiqlik Elektr Markazi” bilan hamkorlikda, shaharni issiqlik ta'minoti bilan barqaror ta'minlash asosida kompleks tayyorgarlik ishlarini amalga oshirdi.

Yillik reja 129 foizga bajarildi

Poytaxtda mavjud 217 ta qozonxonaning 29 tasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilgan. 76 km eskirgan issiqlik quvurlari almashtirildi va 1.32 km issiqlik tarmoqlari yer ostiga olindi.

47.1 km Issiqlik tarmoqlaridagi izolyatsiya qoplamasi qayta tiklanib, 12 ta nasos stansiyalari mukammal ta’mirlandi. 92 ta nasos stansiyasi esa joriy ta’mirlandi. 1512 ta zulfinlar almashtirildi. Bu esa yillik rejani 129 foizga bajarish degani. Bundan tashqari, 2927 dona havodan o‘tgan issiqlik quvurlari bo‘yaldi . 159 ta hisoblagich va 112 dona Individual issiqlik punktlari o‘rnatilgan. Shuningdek, qish mavsumida zarur bo‘ladigan zaxira anjomlari 100 foiz hozirlab qo‘yilgan.

Isitish tizimi qachon yoqiladi?

Avvalroq, Toshkent shahri hokimi qarori bilan poytaxtda issiqlik ta’minoti narxlari yana 15 foizga oshirilgani haqida xabar bergan edik.

Ma'lumot uchun, mavjud qoidalarga ko‘ra, isitish mavsumi tashqi havoning o‘rtacha harorati besh kun davomida 8°C dan past bo‘lganidan so‘ng ishga tushiriladi. Rasmiylarga ko‘ra, Toshkent shahridagi isitish tizimi Gidrometeorologiya xizmati agentligining ob-havo ma’lumotlariga asoslangan holda yoqiladi. Oxirgi bir necha yilga nazar solsak, Toshkent shahrida isitish tizimi aynan xalq talabini hisobga olib yoqilgan. Masalan, 2021-yilda 14-oktyabrda, 2022-yilda 24-oktyabrda, va 2023-yilda 6-noyabrda isitish tizimi ishga tushirilgan