14809.13
-12.57
 159.44
-0.74
$
 12557.56
-34.15
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Qishki sovuqda xotirjamlik qanchaga tushyapti?

isitish

Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik ta’minoti narxlari aholi uchun 15 foizga, ya’ni 1 gigakaloriyasi 105 754 so‘mdan 121 617 so‘mgacha oshirildi.

Hokim qarori

Toshkent shahri hokimi qarori bilan markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun narxlar oshirildi. Veolia Energy Tashkent tomonidan ko‘rsatiladigan markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun quyidagi narx (tarif)lar tasdiqlandi:

tartibga solinadigan bazaviy narx (tarif) va byudjet tashkilotlari tarifi amaldagi darajasida (mos ravishda QQSsiz 664 465 so‘m/Gkal va 801 963 so‘m/Gkal);

aholi uchun 121 617 so‘m/Gkal (QQSsiz) (avval 105 754 so‘m/Gkal edi);

boshqa ulgurji tashkilotlarga 244 497 so‘m/Gkal (QQSsiz) (avval 212 606 so‘m/Gkal edi).

2-aprelda ham issiqlik ta’minoti narxlari ko‘tarilgandi

Oxirgi marta narx 2024-yilning 2-aprelida — o‘tgan isitish mavsumi tugaganidan keyin ko‘tarilgandi. 2024-yilning fevral oyida Veolia Energy Tashkent kompaniyasi kengashga Toshkent shahri aholisiga issiq suv va issiqlik ta’minoti tarifini 15 foizga oshirish taklifini kiritgandi. Korxona rahbarining aytishicha, shahar aholisi bazaviy tarifning atigi 14 foizini to‘laydi, qolgani esa shahar byudjetidan subsidiya shaklida qoplanadi.

Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.