Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +11° kechasi +9°

iPhone 16 sotuvi avvalgi rusumga nisbatan 13 foiz kam bo‘ldi

Asosiy 16-model va iPhone 16 Plus talab bo‘yicha o‘zidan oldingi modellarni ortda qoldirgan bo‘lsa ham mijozlarning ushbu seriyaga qiziqishi past.

2 daqiqa o‘qiladi

iPhone 16 sotuvi avvalgi rusumga nisbatan 13 foiz kam bo‘ldi

iPhone 16 dastlabki savdolari Apple kutganidan past bo‘ldi. Yangi model talab bo‘yicha o‘zidan oldingi modellarni ortda qoldirgan bo‘lsa ham mijozlarning ushbu seriyaga qiziqishi pastligi aniqlangan.

Savdoning pasayishiga nega yangi seriya “aybdor”?

Taniqli tahlilchi Min-Chi Kuoning ma’lumotlariga ko‘ra, iPhone 16 liniyasi smartfonlariga talab Apple kutganidan past bo‘ldi. U kompaniya saytida chop etilgan qurilmalarni yetkazib berish zanjiri va muddatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, shunday xulosaga keldi.

Ma’lum qilinishicha, birinchi haftada to‘rtta qurilmadan iborat yangi iPhone seriyasidan 37 millionga yaqin smartfon sotilgan. O‘tgan yili chiqarilgan iPhone 15 liniyasi bilan solishtirganda, bu ko‘rsatkich 13 foizga kamaydi.

Savdoning pasayishiga asos qilib iPhone 16 Pro va 16 Pro Max “aybdor”: ularning sotuvi o‘tgan yilgi shu kabi modellarga nisbatan 27 foizga kamaydi. Asosiy 16-model va iPhone 16 Plus talab bo‘yicha o‘zidan oldingi modellarni ortda qoldirdi, ammo bu Pro versiyalariga qiziqishning pasayishini qoplash uchun yetarli emas edi.

IPhone 16 ning SI funksiyasi dastlab faqat AQShda ishlaydi

Kuoning fikricha, talabning kamayishi sabablaridan biri shundaki, iPhone 16 Pro va 16 Pro Max dastlab Apple Intelligence sun’iy intellekt funksiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi – ularning ba’zilari oktyabr oyida, iOS 18.1 chiqarilgandan so‘ng ishlaydi. Bundan tashqari, dastlab ular faqat AQSh hududida ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple iOS 18 va iPhone telefon qismlariga yangi himoyalovchi tizim o‘rnatmoqchiligi haqida xabar bergan edik.