$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi iPhone qismlarini “so‘yib” sotib bo‘lmaydi

iphone

Apple iOS 18 va iPhone telefon qismlariga faollashtirish kodini o‘rnatmoqda. Ushbu yangi funksiya endi iOS tizimida ishlaydi.

Applening maqsadi noqonuniy iPhone qismlari savdosini cheklash

Joriy yilning boshida Apple ta’mirlash siyosatida ba’zi o‘zgarishlarni e’lon qildi. Kompaniya foydalanuvchilarga iPhone’ning haqiqiy ishlatilgan qismlari bilan ta’minlashini ma’lum qildi. Shuning bilan birga, Apple iPhone qismlariga faollashtirish kodini o‘rnatishini ham e’lon qildi. Bu yangi funksiya endi iOS tizimida ishlaydi

BetaProfiles ta’kidlaganidek, iOS 18 ning RC versiyasi iPhone qismlari uchun faollashtirish kodini yoqadi. Funksiya, avvalroq Apple tomonidan tavsiflanganidek, Apple hisobingizni nafaqat iPhone’ga, balki batareya, kamera va displey kabi tarkibiy qismlarga ularning individual seriya raqamlariga asoslangan holda ulaydi.

Apple’ning maqsadi o‘g’irlangan iPhone’larning qismlarini noqonuniy sotish bozoriga chek qo‘yishdir. Yangilangan tizim bo‘yicha o‘g’irlangan telefonda ishlatilgan qism aniqlansa, asl qurilma egasining Apple hisobi parolini so‘raydi.

Faollashtirish kodi nima?

Apple o‘g‘irlangan iPhone’larning qismlarga bo‘linib ketishining oldini olish uchun o‘zining faollashtirish kodi funksiyasini iPhone’ning qismlariga  o‘rnatadi. Mijozlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan so‘ralgan ushbu funksiya yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan iPhone’ning qayta faollashtirilishini bloklash orqali iPhone o‘g‘irlanishini cheklash uchun mo‘ljallangan. Agar faollashtirish kodi orqali  ta’mirlanayotgan qurilmadagi kerakli qism  boshqa qurilmadan olinganligi aniqlansa, ushbu qismni telefonga joylashtirish imkoniyati cheklanadi.

Tizim faqat iPhone uchun ishlaydi

iOS 18 tizimi 16-sentyabr, dushanba kuni ommaga taqdim etilishi rejalashtirilgan. Shuni ta’kidlash joizki, faollashtirish kodi faqat qismlar uchun amal qiladi va u hozircha faqat iPhone’ga tegishli. Tizim  iPadOS 18 bilan iPad’larda ishlamaydi.