$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

Mazut yoqilmayapti, chang bo‘roni kuzatilmadi: unda nega yana Toshkent havosi iflos?

havo

Bir necha kunlardan beri Toshkent havosi yana eng havosi ifloslangan shaharlar reytingida yuqori o‘rinlarni egallayapti. Xususan, 29-sentyabr kechki vaqtda Toshkent shahrida RM2,5-mayda dispersli zarrachalar konsentratsiyasi 166 mkg/m3 ni tashkil etib, xalqaro IQAir maʼlumotlar bazasida dunyoda eng ifloslangan shaharlari reytingida 2-oʻrinda belgilandi.

Odatda havo sovib, isitish tizimi uchun ko‘proq mazut yoqilgani yoki chang bo‘ronlari sabab qilib ko‘rsatilardi. Xo‘sh, bu safar mas’ullar nima deydi? 

Ekologiya vazirligi sabablarni aytib o‘tdi

Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Toshkent havosi ifloslanishiga sabab bo‘layotgan omillarni keltirib o‘tdi.

Soʻnggi yillarda global iqlim oʻzgarishi, choʻllanish jarayonlarining kuchayishi natijasida tabiiy changlar konsentratsiyasi koʻrsatkichlarining oshishi hamda ishlab chiqarish korxonalari, avtomobillar sonining koʻpayishi atmosferaga chiqarilayotgan tashlamalar miqdorining sezilarli ortishiga sabab boʻlmoqda. Bu respublikada, ayniqsa, Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi oshishiga taʼsir qilmoqda.

Tabiiy va antropogen omillar

Respublikamizda havoning chang bilan ifloslanishi tabiiy (quruq iqlim, qumli va qumloq tuproqlar) va antropogen (transport, sanoat, qurilish tashlamalari) omillar bilan bogʻliq. 

Shuningdek, kuchsiz shamollar, harorat inversiyasi, atmosfera havosining turgʻunligi kabi sabablar ham atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi uchun sharoit yaratadi.

Bundan tashqari, shaharlardagi atmosfera qatlamlarining past shamollatilishi, shahar transportining koʻpligi, yoʻllarning tirbandligi, keng koʻlamli qurilishlar, yashil hududlarning kamligi — bularning barchasi meteorologik sharoitlar va antropogen yuklama atmosfera havosining yuqori ifloslanishiga olib kelmoqda.

Avtomobillardan chiqadigan zaharli tashlamalar miqdori ko‘paymoqda

Maʼlumot uchun, Toshkent shahrida 638,8 mingdan ortiq transport vositasi mavjud, unga qoʻshimcha ravishda bir kunda poytaxtga oʻrtacha 150 mingdan 300 mingggacha transport vositasi kirib keladi. 

Toshkent shahrida transport vositalaridan atmosfera havosiga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 2021-yilda 212,4 ming tonna, 2022-yilda esa 403 ming tonnani tashkil etgan, yaʼni zararli tashlamalar 190,6 ming tonnaga (47,3 %) koʻpaygan.

Теги :
Жамият