$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyaning ayrim hududlarida patent berish to‘xtatildi

migrant

Hammasi 22-mart kuni terrorchilar Moskva oblastida joylashgan “Crocus City Hall” majmuasining konsert zaliga hujum qilishi va ushbu terrorchilar migrantlar ekanligidan boshlandi. Buning ortidan Rossiyada migratsiya masalalari qayta ko‘rib chiqilib, migrantlarga nisbatan qonunlar javobgarlikli kuchaytirildi. Shuningdek, deportatsiya jarayonlari jadallashib, Rossiyaga kirishda muhojirlar ko‘plab muammoga duch kelishi hozirgacha davom etmoqda. Davlat Dumasning bugungi kundagi asosiy mavzusi migratsiyani kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘lib qoldi. Hozirda migratsiya olamida nima yangiliklar?

Patent berish taqiqi boshlandi

Nijniy Novgorod oblasti bo‘yicha Rossiya IIV Migratsiya masalalari boshqarmasi o‘zining rasmiy saytida 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab “vizasiz” davlatlardan kelgan xorijiy fuqarolarga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi patentlarning berilishi to‘xtatilishi haqida xabar bergan.

Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi № 115-Federal Qonunining 133-moddasining 3-bandi asosida, Rossiya IIVning 2024-yil 23-sentyabrdagi № 1/11198-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab Nijniy Novgorod oblastida “vizasiz” davlatlardan kelgan xorijliklarga patentlarning berilishi to‘xtatiladi, deyiladi rasmiy bayonotda.

Bu jarayon 1-martgacha davom etadi

“ПВС” xodimining ma’lum qilishicha, Nijniy Novgorod oblastida patent berish 2024-yil 1-oktyabridan 2025-yilning 1-martigacha to‘xtatilgan. Ammo Nijniy Novogorodga 1-oktyabrgacha kelgan migrantlarga patent beriladi, avval berilgan patentlar uzaytiriladi, agar patentga qandaydir o‘zgartirishlar kiritish kerak bo‘lsa, bu xizmatlar ham amalga oshiriladi. “РВП”, “ВНЖ” kabi hujjatlar bo‘yicha o‘zgarishlar yo‘q.

Shuni qayd etish joizki, patent berishga taqiqning sabablari oshkor qilinmagan. Nijniy Novgorod oblasti — xorijiy fuqarolarga patent berishni taqiqlagan Rossiyaning birinchi subyekti hisoblanadi.

Yashash uchun ruxsatnoma muddatini bir yil bilan cheklash taklif qilindi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan kiritilayotgan taklifga ko‘ra, yashash uchun ruxsatnoma (ВНЖ) yoki vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (РВП) egalarining ro‘yxatdan o‘tish muddati bir yildan oshmasligi mumkin.

“Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik bo‘lib turgan xorijiy fuqaroni yashash joyida ro‘yxatdan o‘tkazish bildirishnomada ko‘rsatilgan muddatga, lekin bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalga oshiriladi”, — deyiladi taklif hujjatida.

Taklif “Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni migratsion qaydga olish tartibi to‘g‘risida”gi Rossiya hukumati qarorining 32-bandiga o‘zgarish kiritilishini nazarda tutadi.

Shuningdek, ushbu qarorda, kelganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddatga, lekin Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqaroning vaqtinchalik bo‘lish muddatidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, “Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi” qonuniga yoki Rossiyaning xalqaro shartnomalariga muvofiq muddatga ro‘yxatga olinadi, deyilgan.

Noqonuniy muhojirlar “reyestr” 5-mart kunidan ishga tushadi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi 2025-yilning 5-mart kunidan boshlab o‘z veb-saytida Rossiyada qolish uchun huquqiy asoslari tugagan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ma’lumotlarining ochiq reyestrini ishga tushirishini ma’lum qilidi.

Hujjatga ko‘ra, reyestrda xorij fuqarosining ma’lumoti bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumotlarni so‘rov orqali olishi mumkin bo‘ladi. Biroq xorij fuqarosining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi, shaxsini tasdiqlovchi hujjati ma’lumotlari maxfiy qoldiriladi, deyiladi xabarda. Aynan qaysi ma’lumotlar reyestrdan olinishi va u ma’lumotlar qanday ko’rinishda bo’lishi hozircha aniq emas.

Ichki ishlar vazirligining veb-saytidagi ma’lumotlar bazasi avtomatik tarzda har 24 soatda yangilanib boriladi. Xorijiy fuqaroning ma’lumotlari uning maqomi o‘zgarganidan keyin reyestrda 24 soat ichida yangilanadi.

“Operator barcha so‘rovlarning tarixini besh yil davomida saqlab qolishni ta’minlaydi”, — deyiladi loyihada.

“Reyestr” masaalasi

Ma’lumot uchun, reyestrning joriy etilishi “Rossiya Federatsiyasida xorij fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risidagi” qonunga kiritilgan o‘zgarishlar doirasida amalga oshirilmoqda. O‘zgarishlardan biri Rossiyada qolish uchun huquqiy asosi qolmagan xorij fuqarolariga nisbatan “chiqarib yuborish rejimi”ni kiritish va ushbu rejimga tushgan migrantlarning ro‘yxati - reyestrni tashkil etilishidan iborat.

Mamlakatda qolish uchun asosi qolmagan migrantlar kimlar?

Rossiyadan chiqarib yuborish rejimiga mamlakatda qolish uchun asosi qolmagan migrantlar:

- migratsiya qaydi muddati tugagan;

- patenti bekor qilingan yoki tugagan;

- “РВП”, “ВНЖ” hujjatlari bekor qilingan;

- Rossiyaga kelish uchun taqiqqa tushgan;

- Rossiyadan sud orqali chiqarilib yuborilganlar va boshqalar kiritiladi.

Reyestr ishga tushishidan avval turli davlat idoralari mansabdorlari kichik huquqbuzarliklarni sodir etgan xorijiy fuqarolar uchun amnistiya e’lon qilishga tayyor ekanliklarini bildirgan edi.