$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi onkologik xastalik bilan kurashyaptimi?

Katanets

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab Eron va BAAga qarshi kelayotgan ikki uy uchrashuvida ishtirok etmasligi va bu muhim o‘yinlarda jamoani vaqtinchalik murabbiy sifatida Timur Kapadze boshqarishi uchun murojaat qilingani haqida xabarlar tarqala boshladi. Vaziyat aslida qanday?

O‘tkazib yuborilgan o‘yinlar

Jamoa bosh murabbiyi o‘tgan yilning iyun oyida sog‘lig‘idagi muammo sabab, davolanish maqsadida o‘z uyiga ketgan edi. Shundan so‘ng, janob Katanes joriy yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan JCH-2026 saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan Gonkongga qarshi o‘tgan Toshkentdagi uchrashuvni ham kutilmaganda sog‘lig‘i bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli o‘z vatani Sloveniyaga jo‘nab ketishga majbur bo‘lib, o‘tkazib yuborgandi.  

Agar uchinchi marta ketsam, boshqa qaytib kelmayman

Vanihoyat 2024-yilning 5-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Turkmaniston terma jamoasi bilan o‘yin oldi tashkil qilingan matbuot anjumanida salomatligi bilan bog‘liq masalaga to‘xtaldi. "Sog‘ligim haqida to‘liq aytib bersam, ancha vaqt kerak bo‘ladi. Ayni paytda sog‘ligim ancha yaxshi. Agar uchinchi marta terma jamoani sog‘ligim tufayli tark etsam, boshqa qaytib kelmayman" — dedi murabbiy. 

Onkologik xastalik

Avvalroq saytimiz orqali joriy yilning mart oyida e'lon qilingan va tasdiqlanmagan ma’lumotga ko‘ra, murabbiy uzoq vaqt davolanish va katta mablag‘ni talab etadigan onkologik xastalikka chalinganini ma’lum qilgan edik. Bugun murabbiy atrofida yana mana shu masala aktuallasha boshladi.

Rasmiy munosabat

Biroz avval futbol insayderlaridan biri Narzulla Saydullayev O‘FA xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Sherzod Igamberdiyevning tarqalayotgan mish-mishlarga nisbatan rasmiy munosabatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes ertaga, 7-oktyabr kuni tongda Toshkentga yetib keladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda 10-oktyabr kuni Eronni, 15-oktyabrda esa BAAni qabul qiladi.

Теги :
Жамият