O‘FAning "B" rejasi bormi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sog‘lig‘i bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli yana o‘z vataniga jo‘nab ketdi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston milliy jamoasining navbatdagi, JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi Gonkongga qarshi o‘tadigan Toshkentdagi uchrashuvida Srechko Katanes yana jamoani boshqara olmaydi.
O'FA axboroti
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes bugun kutilmaganda sog‘lig‘i bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli o‘z vatani Sloveniyaga jo‘nab ketishga majbur bo‘lgan. "Gonkong milliy jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yinga milliy jamoamiz murabbiy assistenti Alesh Cheh boshchiligidagi shtab qo‘l ostida tayyorgarlikni davom ettiradi", - deyiladi O‘FA xabarida.
Bu birinchisi emas
Ma’lumot uchun, jamoa murabbiyi bundan avval, o‘tgan yilning iyun oyida ham sog‘lig‘idagi muammo sabab davolanish uchun o‘z uyiga ketgan edi. Ba'zi manbalarning keltirayotgan ma'lumotlariga ko'ra, vaziyat biz o'ylagandan-da jiddiy va og'irroq. Bu xabarlar hozircha tasdiqlanmagan. Umid qilamizki, barchasi yolg'on bo'lib chiqadi. Aks holda, ertami-kech O'FA o'zining "B" rejasini ishga tushurishga majbur bo'ladi. Agarda, u mavjud bo'lsa. Eslatib o'tamiz,O‘zbekiston – Gonkong o‘rtasidagi JCH-2026 2-saralash bosqich 4-turi doirasidagi o‘yin 26-mart kuni soat 19:30 da boshlanadi. O‘yin "Bunyodkor" stadionida o‘tkaziladi.



