$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston qish mavsumiga tayyormi?

Gaz

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov o‘zining ijtimoiy-siyosiy mavzulari muhokamasi bilan tanilgan Lolazor podkastida mehmon bo‘lib, soha bilan bog‘liq bir qator ma’lumotlarni ochiqladi.

Prezident topshirig‘i

Vazirning ta’kidlashicha, kelayotgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik barvaqt boshlangan. 

“Fevral oyidayoq prezidentimiz tizimlarni tayyorlash, mavjud kamchiliklardan olingan saboqlarni inobatga olgan holatda barcha tizim — qazib chiqarish, yetkazib berish, taqsimlash va generatsiyani tayyorlash bo‘yicha topshiriq berganlar. yil davomida generatsiyaga, qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirishga katta e’tibor berilgan. Buning sababi esa oldingi yillarda eng katta muammo generatsiyadagi taqchillik tufayli yuzaga kelgani bo‘lgan. Chunki iste’mol oshib borgan, yangi quvvatlar esa yetarli darajada qo‘shilmagan. Bu o‘rinda eng asosiy narsa — qayta tiklanuvchi energiya manbalarining generatsiya quvvatlari ishga tushirilishi. Keyinroq qancha nima qo‘shilgani, qanday samara berganini raqamlarda ko‘rsatib berishim mumkin. Eng asosiysi, barcha turdagi yoqilg‘i turlari zaxiralarini tayyorlash kabi tayyorgarlik ko‘rildi”, — deydi Mirzamahmudov.

Gaz zaxirasi

Mirzamahmudov bundan tashqari qish mavsumi uchun yoqilg‘i zaxirasini yaratish masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, qish mavsumi uchun yerosti gazni saqlash omborlariga 5,1 mlrd. kub metrdan ortiq gaz zaxirasi jamlangan. Solishtirish uchun bu o‘tgan yilgi hajmlarga nisbatan 1,1 mlrd. kub metr ko‘proq degani. Ma’lumot uchun, 2023 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekistonning “Gazli” va “Xo‘jaobod” yerosti gaz omborlari 98 foizga to‘lgani ma’lum qilingan.

So‘x gaz ombori

Jo‘rabek Mizamahmudov suhbat chog‘i yana bir qator mavzularga to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, hozirda mamlakatda ikkita yerosti gaz saqlash omboridan — “Gazli” va “Xo‘jaobod”dan foydalanilmoqda. Shuningdek, So‘x gaz ombori bo‘yicha esa ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, o‘rganish ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi. Mazkur gazni saqlash ombori Qirg‘iziston hududida joylashgan bo‘lib, kompressorlar va boshqa texnologik uskunalar esa O‘zbekiston hududida hisoblanadi. U yerdagi texnologik obyektlarning barchasi O‘zbekiston mulki sanaladi. Shu bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Ko‘ryapsizlar barchasi asta-sekin yechilyapti, bu bo‘yicha ham ishlar ketyapti. “Gazli”ning sig‘imi 4,5 mlrd kub metr bo‘lib, hozir u yerda 4 mlrd kub metrdan ortiq gaz yig‘ilgan. “Xo‘jaobod”da esa 790 mln kub metrdan ortiq gaz yig‘ilgan, — deydi vazir.

Теги :
Jamiyat