$
 12909.80
7.8
 13415.86
-12.54
 129.09
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

Bitta elektromobil yiliga 1,5 tonna karbonat angidridi atmosferaga chiqarilishining oldini oladi

elektromobil

Elektromobillardan foydalanish atrof-muhit uchun bir qancha afzalliklarga ega. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bu haqda ma’lumot berdi. 

Elektromobildan foydalanishda imtiyoz

Bugungi kunda yurtimizda elektr transport vositalari soni ortib bormoqda. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 19-dekabrdagi “Elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, elektromobillardan foydalanish borasida qator imtiyozlar berilgan.

Atmosfera ifloslanishining oldini oladi

Elektromobillardan foydalanish atrof-muhit uchun bir qancha afzalliklarga ega. Xususan, bir yil davomida foydalanilgan bitta elektromobil o‘rtacha 1 500 kg. (CO2) karbonad angidrid bilan atmosfera havosini ifloslanishining oldini oladi.

Mazkur transport vositalari nafaqat tejamkor, balki chiqindilarni kamaytirish va shaharlardagi havo sifatini yaxshilashga sezilarli yordam beradi. Elektr transport vositalari chiqindi gazlarini ishlab chiqarmaydi, bu esa karbonat angidrid (CO2), azot oksidi (NOx) va zarrachalar (PM) kabi havoni ifloslantiruvchi moddalar darajasini bevosita kamaytiradi.

Taqqoslash uchun, har bir benzin yoqilg‘isida harakatlanadigan avtomobil 15 ming km. masofani bosib o‘tganda atmosferaga 3 tonnagacha karbonat angidrid gazi, 93 kg. uglevodorodlar, 0,5 tonna uglerod oksidi, 30 kg. ga yaqin azot oksidi chiqaradi. Dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan avtomobillarda bu koʻrsatkichlar biroz yuqori. 

Zaryadlashda zarar kam

Elektromobillarni zaryadlashda quyosh, shamol yoki boshqa qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalaniladi, bu esa gaz yoki benzinda yuradigan transport vositalariga nisbatan zararini ancha kamaytiradi, yaʼni uglerod chiqindilarining umumiy miqdori sezilarli darajada kamayadi.

Faqat elektr transport vositalariga ruxsat berilgan ekologik toza hududlarni joriy etish shahar markazlarida ifloslanish darajasini kamaytiradi. Havo sifatining yaxshilanishi kasalliklarning kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, elektromobillarga o‘tish barqaror rivojlanish konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, toza va xavfsiz shahar yaratishga hissa qo‘shadi.

Umuman olganda, elektr transport vositalarining joriy etilishi shahar havosi sifatini yaxshilash va zararli chiqindilarni kamaytirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Bu esa nafaqat ekologik vaziyatning yaxshilanishiga, balki shaharlardagi hayot sifatining oshishiga ham olib keladi.

Теги :
Jamiyat