$
 12658.19
-100.17
 14672.11
-148.0
 161.44
-1.9
weather
+26
Кечаси   +14°

Qurilish materiallari uchun qat’iy o‘lchov birliklari biriktirildi

qurilish materiallari

Avval xabar qilinganidek, Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogida Qurilish resurslari milliy klassifikatori bilan integratsiya qilinishi natijasida 172 mingta qurilish materiallarining identifikatsion kodlari (MXIK) yaratilgan.

183,3 mingta MXIKga klassifikatorda o‘rnatilgan qat’iy o‘lchov birliklari biriktirildi

Shuningdek, GS1 Uzbekistan global xalqaro mahsulot raqamlash tizimi ma’lumotlar bazasi va soliq to’lovchilar so’rovnomasi asosida 11,3 mingta MXIK yaratilgan. Natijada, 183,3 mingta MXIKga Klassifikatorda o’rnatilgan qat’iy o’lchov birliklari biriktirildi.

Shu munosabat bilan endilikda qurilish materiallarini elektron hisobvaraq-fakturalar orqali realizatsiya qilishda, Qurilish resurslari milliy klassifikatorida ko‘rsatilgan o‘lchov birliklaridan foydalaniladi.

"Qurilish materiallarining MXIKlari va ularga biriktirilgan o’lchov birliklari bo’yicha savollar yuzaga kelsa, Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin: (+998) 94 733-34-33, 97 421-60-09; (+998) 71 244-96-21, 71 244-51-84" - deyiladi xabarda.

“Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi integratsiyalashtirildi

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida "Qurilish materiallari milliy klassifikatori" bilan unifikatsiya qilish maqsadida qurilish materiallarining MXIKlari yangilangan edi.

Bunda mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning Yagona elektron milliy katalogi “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi bilan integratsiyalashtirildi.

172 mingta qurilish materiallarining yangi MXIKlari

Milliy klassifikatorda qurilish materiallarining batafsil texnik tavsiflari ko‘rsatilganligi sababli, ular asosida qurilish materiallarining 172 mingta yangi MXIKlari, shuningdek, o‘lchov birliklari yaratildi.

Tasnif.soliq.uz veb saytida shaxsiy kabinetdagi interaktiv xizmat orqali soliq to‘lovchilar yangi MXIKni “Tanlangan” toifasiga qo‘shishlari va ularni EHF va onlayn-NKM cheklarini shakllantirishda foydalanishlari mumkin.

Qurilish materiallarining mavjud umumiy MXIKlari xatlovdan o‘tkaziladi va keyinchalik bosqichma-bosqich nofaol holatga o‘tkaziladi.

Shu sababli, soliq to‘lovchilarga qurilish materiallari uchun hozirda qo‘llaniladigan umumiy kodlarni ko‘rib chiqish va ularni yangilariga almashtirish tavsiya etiladi.

Yarim millionlik g‘isht va elektron hujjatlardagi boshqa xatoliklar

Ma’lumot uchun, soliq organlari soliq to‘lovchilar tomonidan yuborilgan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) va onlayn nazorat-kassa mashinasi cheklarini doimiy ravishda tahlil qilib boradi. Tahlillarga ko‘ra, EHFni rasmiylashtirishda va fiskal cheklarda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tovarlar uchun asossiz narxlarning shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Buni quyidagi misollarda ko‘rish mumkin

Joriy yilning yanvar oyida bir korxona boshqasiga yog‘och sotgan. EHFni shakllantirishda sotuvchi 1 kubometr yog‘och narxini 13,4 mlrd so‘m ko‘rsatgan. Natijada, kichkinagina shkaf o‘lchamidagi yog‘och narxi ancha qimmatga aylangan.

Yana bir korxona 1000 dona g‘ishtni sotib, 600 million so‘mlik EHF rasmiylashtirgan. Ko‘rinib turibdiki, e’tiborsizlik sabab 1 dona g‘isht uchun 600 ming so‘m, ya’ni bozordagi real narxidan bir necha barobar qimmat narx kelib chiqqan.

Salbiy oqibatlar

O‘lchov birliklari yoki tovarlar miqdorini noto‘g‘ri ko‘rsatish ma’lum salbiy oqibatlarga olib keladi, jumladan:

sotilgan tovarlar narxining haqiqiy holati buzilishi;

tovarlar harakatini nazorat qilish qiyinlashishi;

soliq hisobotlarini topshirishda savollar ko‘payishi.

Xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlarini va ularga berilgan o‘lchov birliklarini diqqat bilan va aniq ko‘rsatish lozim.