$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi O‘zbekistonning eski bosh vaziri

Abdulla Aripov

Bugun prezident O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga yana Abdulla Aripovni ko‘rsatdi, deputatlar bosh vazir nomzodini ma’qulladi. Shu kunning o‘zida prezident Abdulla Aripovni Bosh vazir etib tayinlash to‘g‘risida farmonni imzoladi. Amaldagi O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ilk bor 2016-yil dekabridagi prezident saylovlari ortidan O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida hukumat rahbari etib tasdiqlangandi. Bugun u yana o‘z lavozimiga qayta, 3 bor tasdiqlandi. Keling, Bosh vazirimizning faoliyat yo‘li bilan tanishamiz.

Prezident qarori

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida ishtirok etmoqda. Prezident Yangi O‘zbekistonimiz yangi parlamenti bilan birga o‘z taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga qadam qo‘yayotganini ta’kidladi. Bu yangi davrda kechagi talab va mezonlar bilan, eskicha ishlab bo‘lmasligi qayd etildi. Shu bois, Hukumat o‘z faoliyatini mutlaqo yangicha asosda tashkil etishi kerak, buning uchun unga kuchli rahbar, ya’ni, Bosh vazir zarur. Davlati rahbari bu masalani atroflicha o‘ylab, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini ko‘rsatishga qaror qilganini aytdi.