$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda o‘smirlar orasidagi o‘limning ikkinchi asosiy sababi YTHlar hisoblanadi

yth

YTH O‘zbekistonda o‘limning beshta asosiy sabablari qatoriga kiradi. Bu haqda UNICEF va bolalar ombudsmanining “O‘zbekiston Respublikasida bolalar va o‘smirlar vaziyatining tahlili” hisobotida aytilgan.

Qurbonlar soni yuqori

Yo‘l harakati xavfsizligi alohida e’tiborni talab qiladi, chunki bolalar va o‘smirlar orasida yo‘l-transport hodisalari (YTH) qurbonlari soni yuqoriligicha qolmoqda. YTH O‘zbekistonda o‘limning beshta asosiy sabablari qatoriga kiradi, 5 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan shaxslar o‘limining asosiy sababi va o‘smirlar orasida o‘limning ikkinchi asosiy sababi hisoblanadi.

O‘lim bilan tugash holatlari oshmoqda

2019-yildan 2022-yilgacha YTHlarda jarohatlanish holatlari 21 foizga, o‘lim bilan tugash holatlari esa 14 foizga oshgan. 0−16 yoshli bolalar orasida YTH natijasida olingan jarohatlardan vafot etganlar soni 52 foizga ko‘paygan.

4 yilda 4 barobar oshgan

Avvalroq YTHlar soni so‘nggi 4 yilllikda 4 barobarga oshgani haqida xabar bergan edik. 2024-yilning birinchi yarmida (yanvar—iyun oylari) 9 839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, buning oqibatida 9 209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 282 nafar inson halok bo‘lgan. Solishtirish uchun, 2020-yilning birinchi yarmida jami 2388 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Shundan 383 tasi bolalar, 1154 tasi piyodalar va 101 tasi velosiped ishtirokida qayd etilgan. Yuqoridagi raqamlar shuni ko‘rsatmoqdaki, joriy yilning birinchi yarmida sodir bo‘lgan YTHlar soni, 2020-yilga qaraganda deyarli 4 barobarga oshgan.

Теги :
Jamiyat