$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

541 ta holatda amalda ekilmagan bir milliondan ziyod ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilgan

yashil makon

“Yashil makon” umummilliy loyihasi va daraxtlarni kesishga e’lon qilingan moratoriy ijrosi o‘rganib borildi. Yakuniy natijalar AOKAda bo'lgan brifingda Bosh prokuratura boshqama boshlig'i O'ktam O'tayev e'lon qildi. 

Hisobotga qo'shib yozilgan million ko'chatlar

541 ta holatda amalda ekilmagan bir milliondan ziyod ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilgan. Shuningdek, 441 ta holatda 580 ming tup ko‘chatlar sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilgan

35 ta holatda yetkazib berilgan va ko‘chatlar o‘z vaqtida ekilmaganligi sababli 19 mingdan ortiq ko‘chatlar nobud qilingan.

7 mingdan ortiq noqonuniy daraxt kesish holatlari

7 232 ta noqonuniy daraxt kesish holati aniqlanib, har bir nobud qilingan daraxt uchun 100 tup ko‘chatni komensatsiya tarzida ekish majburiyati yuklandi.

Yadro fizikasi instituti bog‘i (255 gektar), “Darxon” ilmiy tajriba xo‘jaligi (29,6 gektar), “Bobotog‘” va “Zarafshon” davlat o‘rmon xo‘jaliklari hududlari to‘liq nazoratga olinib, jami 50 ming tup ko‘chat ekilishi ta’minlandi.

105 ta noqonuniy qaror va ijara shartnomalar

Tabiiy muhofaza hududlar va hayvonot dunyosini himoyalash maqsadida Bosh prokuratura va Ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi qo‘shma topshirig‘i asosida ijaradagi 67 778 gektar o‘rmon fondi yer maydonlari xatlovdan o‘tkazilib, 105 ta noqonuniy qaror va ijara shartnomalari bekor qilindi.

Faoliyati to'xtatilgan 47 ta chiqindi poligonlari

Sanitar-epidemiologik va ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, nazorat tadbirlari natijasida belgilangan talablarga javob bermaydigan va o‘z resursini o‘tab bo‘lgan 47 ta chiqindi poligonining faoliyati to‘xtatilib, yer maydonlari rekultivatsiya qilingan holda mahalliy hokimiyatlar zaxirasiga o‘tkazildi.

65,7 millardlik noqonuniy qazilmalar

Suv havzalari va daryo o‘zanlarini muhofaza qilish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhlari tuzilib, Sirdaryo, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Oqdaryo va Qoradaryo daryolari o‘zanlarida keng qamrovli nazorat tadbirlari tashkil qilindi. 

Tadbirlar davomida 65,7 mlrd. so‘mlik 215 ming m3 noruda qazilmalar noqonuniy qazilganligi holatlari yuzasidan 45 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Suv havzalaridan 17 200 tonna chiqindi tozalandi 

Daryolarning muhofaza zonalaridagi 744 ta noqonuniy chiqindi tashlash joylari bartaraf etilib, suv havzasi mintaqalari 17 200 tonna chiqindidan tozalandi. Aholini qiynayotgan 200 dan ortiq ekologik muammolar barvaqt aniqlanib,bartaraf qilindi.

Noqonuniy egallangan 29 677 gektar yer maydoni

Noqonuniy egallangan 29 677 gektar yer maydoni o‘rmon fondi hisobiga qaytarildi.

Noqonuniy daraxt kesish holatlari moratoriy e’lon qilinishi natijasida ikki barobarga kamaydi (2020 – 10536, 2023 – 5472).

388,9 milliard debitor qarzdorlik

Tabiatga yetkazilgan zarar va ziyon uchun kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha 400 mlrd. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirildi.

Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi 388,9 mlrd. so‘mlik debitor qarzdorlik undirilishi, o‘tkazilgan xatlovlar natijasida aniqlangan 129,7 mlrd. so‘mlik noreal debitor qarzdorlik bartaraf etilishi ta’minlandi.